Patronaj oyligi oʻtkazilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, "Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish hamda aholiga koʻrsatilayotgan profilaktik yoʻnalishdagi tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida 2016-yilning 11 iyulidan 11-avgustiga qadar tumanimizda davolash profilaktika muassasalarida patronaj oyligi eʼlon qilindi. Tuman aholisini bir oy davomida patronaj xizmati bilan qamrab olish maqsadida jami 189375 nafar aholi va 31926 xonadon oʻrganilishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, 2476 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz qariyalar, nogironlar, 8219 nafar yosh oilalar, 51339 nafar fertil yoshdagi ayollar, 2192 nafar homiladorlar, 299 nafar yangi tuqqan ayollar, 4243 nafar 1 yoshgacha boʻlgan bolalar, 413 nafar 18 yoshgacha nogiron bolalar, 27598 surunkali kasalligi bor dispanser nazoratidagi bemorlar koʻrikdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Ayni kunda mazkur tadbir muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Oydin SAIDABDULLAYeVA,
koʻp tarmoqli markaziy poliklinika uchastka terapevti.
(Foto - http://nuroniy.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶