Tengdoshlarimga gapim bor
OʻYINChOQMI, OVUNChOQ?
Atrofga nazar solsak, deyarli hammada qoʻl telefoni mavjud. Birov musiqa tinglayotgan, birov baland ovozda telefonda gaplashayotgan, boshqasi esa turli xil otishmali oʻyinlarning ovozini baland qoʻyib oʻynayotgan boʻladi.
Hozirgi kunda oʻn yoshga toʻlmagan bolalarning qoʻlida ham katta planshetlarni koʻrasiz. Bularni albatta, ota-onalari faloncha soʻmga sotib olib berayapti. Xoʻsh, oʻylab koʻraylik, ular bundan nima maqsadda foydalanishayapti? Albatta koʻpchiligi oʻyinlar oʻynashadi. Oʻyinlar deganda bir-birini otishayotgan, oʻldirayotgan oʻyinlarni oʻynashadi. Bu bolalarning ongiga salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi. Yana baland ovozda musiqalar tinglashadi, baʼzilari esa "naushnik”larni taqib olishadida atrofida nimalar boʻlayotganiga eʼtibor bermaydi. Tibbiyotning guvohlik berishicha, "naushnik”larda musiqa eshitish insonning asab tizimini ishdan chiqarishi, xotira pasayishi hamda quloqning eshitish qobiliyatini pasaytirishi mumkin ekan. Baʼzi yoshlar "WhatsApp”, "Telegram”, "Viber” kabi tarmoqlarga kirib, boʻlmagʻur odatlarni oʻzlashtirib olishmoqda.
Oʻylab qaraylik tengdoshlar, bu kichkina ovunchoq bizga nima foyda berayapti. Nega biz undan kun-u tun boshimizni koʻtarmayapmiz? Nahotki shu oʻyinchoqqa shunchalik bogʻlanib qolgan boʻlsak? Bu oʻyinchoqning oʻrniga biror-bir kitob sotib olib, oʻqib-oʻrgansak hayotimizda asqotmasmidi? Men bu fikrlarim bilan vaqtimizni behuda sarflamaylik, oʻqiylik, izlanaylik, bir hunarning egasi boʻlaylik, demoqchiman. Ana shunda biz hayotda oʻz oʻrnimizni topishga erishishimiz mumkin.
Mahliyo RAHIMBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
(Foto: http://admin.uzedu.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶