HUNARLI KIShI XOR BOʻLMAS
Qadim oʻtgan zamonda Xuroson nomli katta shaharda Humoyun ismli Shahzoda yashar ekan. Bir kuni u navkarlari bilan safarga otlanibdi. Kech tushibdi. Shu paytda ularga dushmanlari hamla qilibdi. Shahzoda qochib yurib, bir kichkina kulbaga koʻzi tushibdi va u yerga borib bir kunga tunash uchun joy bering, deb iltimos qilibdi. Shahzoda hordiq chiqarayotgan paytda, shu uyda yashovchi bir goʻzal qizga oshiq-u beqaror boʻlib qolibdi. Ertasi boyagi qizning otasiga: "Qizingizni menga bersangiz, men uni saroyimga olib ketaman” – debdi. Otasi qizidan roziligini soʻrabdi.
Qizi esa:
– "Men hunarsiz kishiga erga tegmayman”, – debdi. U Shahzodadan loy qorib beshta koʻza yasab berishini aytibdi. Agar shu koʻzani yasay olsa qiz rozi boʻlarkan. Shahzoda beshta koʻzani besh kunda yasab boʻlibdi. Qiz vaʼdasida turib, shahzodaga erga tegibdi. Ular juda koʻp sopol buyumlar yasab, nochorlarga, kambagʻallarga tarqatar va ulardan bir tanga ham olmas ekan. Uning dongʻi ketibdi. Nochorlar ularni har kuni duo qilishar ekan. Ular baxtli, saodatli hayot kechirishibdi.
Dilnoza NARIMBETOVA.
(Foto: http://www.uzbekart.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶