01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:58
Jamiyat 👁 3,531

AHOLINING BANDLIGI – EL-YuRT OBODLIGI MEZONI

AHOLINING BANDLIGI – EL-YuRT OBODLIGI MEZONI

Aholining ishsiz qatlamini ijtimoiy himoyalash, ularning istak-xohishlari hamda kasbiy malakalarini inobatga olgan holda ish bilan bandligini taʼminlash davlat  ijtimoiy siyosatida muhim oʻrin tutadi. Shu bois, tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan har yili Bandlik dasturiga muvofiq yangi ish oʻrinlari tashkil etish, markazga murojaat qilgan har bir fuqaroning kasb-kori, layoqatiga mos ish bilan mashgʻul boʻlishlari uchun sharoit yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Xususan, tuman bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tumanda 2016 yilda  yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholining bandligini taʼminlash Dasturi boʻyicha 4814 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan boʻlib, oʻtgan 7 oy davomida 2559 ta  yangi ish oʻrinlari tashkil etildi va bu boradagi reja 100,6 foizga uddalandi. Beshta asosiy yoʻnalish boʻyicha, yaʼni, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etiladigan ish oʻrinlari, kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil etish uchun tijorat  banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobidan, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, uy mehnatining  barcha  shakllarini tashkil etish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobidan ish oʻrinlari yaratish boʻyicha belgilangan reja ortigʻi bilan bajarildi.

Tumanimizdagi 8 ta kasb-hunar kollejlarini 2015-2016 oʻquv yilida 2652 nafar yoshlar muvaffaqiyatli bitirdilar. Bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida toʻrt tomonlama  shartnomalar asosida ular egallagan mutaxassisliklarga mos yoʻnalishdagi korxonalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi va bitiruvchilar 1112 ta korxona, tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtashlari uchun imkoniyatlar yaratib berildi. Natijada kollej bitiruvchilarining 99,9 foizi doimiy ish bilan taʼminlanishdi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, oʻtgan 7 oy davomida tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga 795 nafar faol ish qidiruvchi fuqaro murojaat qilgan boʻlsa, shundan 790 nafari markaz tomonidan ishga joylashtirildi, 31 nafar fuqaro kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga, 54 nafari esa jamoat ishlariga jalb qilindi.

Aholining bandligini taʼminlashda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻtgan davr mobaynida 6-marta oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarida 245 ta korxona va tashkilotlardan 743 ta boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi. Shunisi eʼtiborga molikki, mazkur taklif qilingan boʻsh ish oʻrinlariga 96 nafar ayol-qizlar, 110 nafar yoshlar oʻz kasbiy yoʻnalishlari boʻyicha ishga joylashdilar.

Aholining bandligini taʼminlash – eng avvalo fuqarolar farovonligi, oila, mahalla, bundan ham muhimi, ona Vatan obodligi masalasidir. Chunki oʻziga maʼqul mashgʻulot bilan band boʻlgan inson hamisha ezgu ishlarga intilib yashaydi: oʻzini, oilasini iqtisodiy baquvvat qilmoq niyatida yashab, mehnat qiladi. Fuqaro oʻz oilasida tinch-xotirjam boʻlsa, oilalar yanada mustahkam, el-yurt obod boʻlib boraveradi.


Akbar XOʻJAMURODOV,

tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori.
(Foto-http://turkistonpress.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026