30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:19
Fan va taʼlim 👁 1,711

YuTUQLAR SARHISOB QILINIB, YaNGI REJALAR BELGILANDI

YuTUQLAR SARHISOB QILINIB, YaNGI REJALAR BELGILANDI

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda mislsiz yutuqlarga erishildi. Ilm-fan, madaniyat sport sohalarida, sogʻlikni saqlash tizimi, agrar soha hamda iqtisodiyotning barcha boʻgʻinlarida buyuk oʻzgarishlar, yangilanishlar yuz berdi.

Iqtisodiy-ijtimoiy hamda madaniy-maʼrifiy hayotimizda roʻy berayotgan jahon andozalariga mos yuksalishlar, oʻzgarish va yangilanishlarning asosiy  mezoni – bu butun dunyoda taraqqiyotning "Oʻzbek modeli” sifatida havas uygʻotgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining xalqimiz hayotiga izchil tatbiq etilganidir. Taʼlim sohasida erishilayotgan bu kabi muvaffaqiyatlar ayni kunlarda butun mamlakatimizda boʻlib oʻtayotgan oʻqituvchi va murabbiylarning anʼanaviy avgust Kengashlarida alohida eʼtirof etilmoqda. 26-avgust kuni tuman hokimligining katta majlislar xonasida koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan tumanimiz oʻqituvchilarining anʼanaviy avgust Kengashida yangi oʻquv yili oldidan qilingan ishlar sarhisob etilib, galdagi vazifalar belgilab olindi. Anjumanda tuman hokimining oʻrinbosarlari, hokimlik mutaxassislari, tumanimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalarning vakillari, taklif etilgan oʻqituvchi va murabbiylar, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Anjuman delegatlari kun tartibidagi asosiy masala – "Sifatli taʼlim-tarbiya - bosh vazifamiz” mavzusidagi tuman XTMFMTTE boʻlimi  mudiri A.Qoʻshayevning maʼruzasini eʼtibor bilan tingladilar. Maʼruzachi oʻz nutqida taʼlim-tarbiya sohasiga tatbiq etilayotgan innovatsion pedtexnologiyalar, tobora  yangilanib borayotgan taʼlim maskanlari, yangidan barpo etilgan maktab va sport inshootlari hamda ularda yaratilgan shart-sharoitlar tufayli bugungi oʻquvchi-yoshlar erishayotgan muvaffaiyatlar zamirida ustoz va murabbiylarning ulkan mehnati, bilim va salohiyati, fidoyiligi borligini taʼkidladi. Sohada fidoyilik koʻrsatayotgan ustoz-murabbiylarning nomlarini hurmat bilan tilga olib, minnatdorchilik bildirdi.

Maʼruza yuzasidan qizgʻin muzokaralar boʻldi. Muzokaralarda ishtirok etgan 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori Shuhrat Jumaniyozov, 2-sonli umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi Rayhon Abdullayeva, 15-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Nargiza Matlatipova, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi Mansur Oʻrozboyevlar tumanimiz maktablarida olib borilayotgan ibratli ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar xususida ham soʻz yuritdilar.

Anjumanda tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova tuman hokimligi nomidan ustoz va murabbiylarni anʼanaviy avgust Kengashi, yaqinlashib kelayotgan mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami hamda "Bilimlar kuni” bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek u oʻz soʻzida sohada erishilayotgan yutuqlarga haqqoniy baho berib, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga ham toʻxtalib oʻtdi va bu kamchiliklarni bartaraf  etish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Anjumunda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalashda yuksak natijalarga erishayotgan bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarga Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirligining hamda tuman hokimligining faxriy yorliqlari, tuman hokimligi hamda XTMFMTTE boʻlimi tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tumanimiz oʻqituvchilarining anʼanaviy  avgust Kengashi yakunida koʻrilgan masala yuzasidan  tegishli qaror qabul qilindi.

Anjuman soʻngida tumanimizdagi 9-sonli hamda 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktablarining oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan bayramona kontsert dasturi namoyish etildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

Suratda: (chapdan) Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochilari ­- 15-sonli maktab oʻqituvchisi Nargiza Matlatipova, 9-sonli maktab direktori Xayrulla Oʻtaganov, 30-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Sharofat Qodirova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026