01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:48
Jamiyat 👁 1,573

YaXShI OʻQIB, ORZUIMGA ERIShDIM

YaXShI OʻQIB, ORZUIMGA ERIShDIM

Mamlakatimizda biz yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlarning cheki-chegarasi yoʻq. Ayniqsa, oʻqib, bilim olaman, degan tengdoshlarimiz bemalol oʻzlari qiziqqan sohalarning bilimdonlari boʻlishi, oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari mumkin. Shunday boʻlsa-da, baʼzi oʻz kelajagiga loqayd tengqurlarim oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kira olmasalar, kamchilikni oʻzidan emas, aksincha, boshqa tomonlardan qidirishadi. Biri: "test sinovlarida adolat boʻlmadi”, - desa, yana biri: "umuman biz oʻqimagan,  notanish manbalardan savollar tushdi”, - deb bahona qilishadi. Aslida esa bundaylarning oʻzlari oʻz kelajagiga loqayd, bilimi sust.

Men tumanimizning chekka hududi – "Toʻlqin” ovulida tugʻilib, oʻsdim. Oʻrta maktabni tugatgach, Amudaryo akademik litseyida, aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha tahsil oldim. Litseyda olgan bilimim bilan qanoatlanmay, oʻz ustimda tinmay ishladim, oʻqib-izlandim. Akademik litseyni muvaffaqiyatli tugatgach, Toshkent axborot texnologiyalari Universitetining Nukus filialiga, kompyuter muhandisligi fakultetiga hujjatlarimni topshirdim. 1-avgust kuni, quvonch  bilan aytaman, men Universitetning shinam auditoriyasida oʻz bilimimni davlat test sinovlaridan oʻtkazarkanman, oʻsha daqiqalardayoq oʻzimni baxtiyor talabalar safida yurgandek his etdim. Chunki men test savollarining salkam 90 foizini toʻgʻri yechganimga oʻsha onlardayoq ishondim.

Test natijalari eʼlon qilinganida esa mendan baxtli inson yoʻqdek edi dunyoda! Men mamlakatimizdagi eng nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biriga  davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindim. Albatta, bu quvonchimni oʻzim tahsil olgan jonajon akademik litseyimdagi aziz ustozlarim bilan baham koʻrgim keldi. Ustozim, 302-guruh rahbari Mansur aka Yerimbetovdan yanada quvonchli xabar eshitdim. Chunki men tahsil olgan Mansur aka Yerimbetov rahbarligidagi aniq fanlar yoʻnalishidagi 302-guruhimiz oʻquvchilaridan 23 nafar, Jahongir aka Nurimbetov rahbarligidagi 301-guruhdan 25 nafar hamkurs doʻstlarimizga, litseyimiz boʻyicha esa 87 nafar oʻquvchiga talabalik baxti nasib etgan edi. Ularning deyarli yarmi davlat grantlari asosida oʻqishga qabul qilinganlari yanada quvonchli.

Demak, mamlakatimizda bilimdon, zukko, qobiliyatli yoshlar uchun barcha imkon eshiklari ochiq. Test sinovlari esa adolat va haqiqat tamoyillari asosida oʻtkaziladi. Men barcha tengdoshlarimni erishgan yutuqlari va mustaqilligimizning 25 yillik bayrami bilan tabriklayman, ularning mustaqil davlatimizga sodiq, barkamol insonlar boʻlib yetishishdek ezgu orzulariga omad tilayman.

Sanjar Odilov,

Toshkent axborot texnologiyalari Universitetining Nukus filiali 1-bosqich talabasi.

(Foto - https://tuit.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026