01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:45
Jamiyat 👁 1,506

SOGʻLOM AVLODGINA YuRT KELAJAGINI YaRATIShGA QODIR

SOGʻLOM AVLODGINA YuRT KELAJAGINI YaRATIShGA QODIR

Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida yetakchi oʻrinlardan birida turadi.

Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarda faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Natijada xotin-qizlarning kuchli  fuqarolik jamiyatiga oʻtish sharoitida davlat va jamiyat qurilishidagi oʻrni va roli tobora oshib bormoqda. Chunki xotin-qizlar ham erkaklar bilan  bir qatorda jamiyat hayotini rivojlantirishda faol ishtirok etish imkoniyati va qobiliyatiga egadirlar. Qolaversa, jamiyatning kichik bir boʻlagi boʻlgan oila mustahkamligiga erishishda, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizning barqaror boʻlishida ham ayollarning oʻrni beqiyosdir.

Oʻzbekistonning istiqlol yillarida qoʻlga kiritgan salmoqli yutuqlarining eng muhimi onalar va bolalar sogʻligi muhofazasiga katta eʼtibor qaratilganligi va yaxshi natijalarga erishilayotganidir. Davlatimiz va muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ushbu yoʻnalishda qabul qilinayotgan qator qarorlar va dasturlar bunga asos boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1 avgustdagi "2014-2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2221-sonli qarori ham aynan shu maqsadlarga qaratilgandir.

Tuman tibbiyot birlashmasida ham bu borada koʻpgina ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda tumanimiz aholisi 184 999 nafardan oshib, ketdi. Shularning  51 339 nafari tugʻish yoshidagi ayollardir. Ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, oʻzining va farzandlarining sogʻligi uchun javobgarlik hissini tarbiyalash, sogʻlom farzandlarni dunyoga keltirishi borasida olib borayotgan targʻibot-tashviqot ishlarimiz oʻzining ijobiy samaralarini berayotir. Natijada ayollar kutilmagan homiladorlikdan oʻzlari ongli ravishda saqlanib, farzand koʻrishni oila aʼzolari bilan maslahatlashib, sogʻligini mustahkamlagan holda rejalashtirmoqdalar.

Shuningdek, tugʻish yoshidagi ayollarning sogʻligini nazorat qilib borishga ham eʼtibor berilayotir.

Tumanimizda 2016-yilning  oʻtgan 7 oyi davomida 49567 nafar tugʻish yoshidagi ayollar tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazildi va homiladorlikka moneligi aniqlangan ayollar davolanib, sogʻlomlashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22-iyuldagi 156-sonli "Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2011-yilning aprel oyidan boshlab homilador ayollarga polivitamin kompleksi  bepul berilmoqda, uning ahamiyati keng tushuntirilmoqda. Natijada joriy yilimizning oʻtgan 7 oyi davomida tuqqan 2017 nafar ayollarimiz ushbu jarayonni meʼyorida oʻtkazdilar.

Onalar va bolalar salomatligiga erishishda nikohgacha tibbiy koʻrikning  joriy etilgani ham mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Davlatimiz, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan yangi ijtimoiy dasturlar va qarorlarda ayollar va bolalar sogʻligini saqlashga qaratilgan vazifalar ustuvor ekanligi bilan ahamiyatlidir. Bularning zamirida farzandlarning sogʻlom dunyoga kelishi va sogʻlom oʻsib-ulgʻayib, kamolga yetishidek ezgu niyatlar mujassamdir. Chunki  sogʻlom avlodgina yurt kelajagini yaratishga qodir boʻladi.

Muhabbat YuSUPOVA, 

tuman tibbiyot birlashmasining bosh akusher-ginekologi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026