01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:23
Jamiyat 👁 3,097

YuRTBOShIMIZ BILAN SAMARQANDDA VIDOLAShDIK

YuRTBOShIMIZ BILAN SAMARQANDDA VIDOLAShDIK

Oʻzbekiston degan yurtni butunlay yangidan kashf qilgan bebaho insonni soʻnggi manzilga kuzatish marosimida qatnashib keldim. Oʻz xalqini yuragidan sevib, millatini ulugʻlab, milliyligini ardoqlab, har bir keksani oʻz ota-onasidek qadrlab, har bir yoshni oʻz farzandidek aziz bilgan, soʻnggi nafasigacha yurtim, deb yashagan buyuk inson bilan vidolashish juda ogʻir boʻldi.

Umri davomida hisobsiz ezgu ishlarni amalga oshirgan, har bir insonning qalbida kelajakka ishonch, orzu-umidlar uygʻota olgan insondan ayrilish barchamiz uchun ogʻir judolikdir.

Samarqand shahar aeraportidan to Registon maydonigacha boʻlgan  yoʻlning ikki tomonida odam gavjum edi. Kimdir oʻz mehribon otasidan, kimdir eng yaqin jigarbandidan, kimdir eng aziz qadrdonidan ayrilgan odam kabi figʻon tortib yigʻlayotganining  guvohi boʻldim...

Haqiqatan ham, Prezidentimiz har birimiz uchun mehribon ota, qadrdon doʻst, dono yoʻlboshchi, maʼnaviyatli ustoz edilar.

Buyuk insonning oʻlimidan ona tabiat ham iztirobda edi, goʻyo. Oʻsha kuni quyosh ham bulutlar orasiga berkindi.

Prezidentimiz bayrogʻimizning hamisha yuksaklarda hilpirashini istar edilar. Yurtboshimizning oʻlimini hatto koʻchalardagi bayroqlar ham his qilgandek, yerga egilgan...

Motam marosimida qatnashib, qalbim toʻla gʻam, koʻzim toʻla yosh bilan ish joyim - akademik litseyga keldim. "Xotira darsi”da qatnashgan barcha oʻquvchilar koʻzida yosh bilan qarshi oldilar. Ularga yupatuvchi soʻz aytishga chogʻlandim. Afsus, koʻzimdagi yosh, boʻgʻzimdagi dard, yuragimdagi gʻam xalal berdi.

Aziz Yurtboshimizning "Biz buyuk yurt farzandlarimiz!”, "Oʻzbekiston – kelajagi buyuk davlat!”, "Biz hech kimdan kam emasmiz, kam boʻlmaymiz!”, "Men aziz farzandlarimga ishonaman!” degan soʻzlari hamisha qulogʻimizda jaranglab turadi. Shunday buyuk insonni hayotligida ikki marta koʻrish baxtiga erishganimdan hamisha faxrlanib yuraman. Yuzida nur balqib turganiga lol qolganman. Qaragan odam yana bir qarasam, der edi. Yuz minglab yurtdoshlarining yelkasida qalqib  borayotgan tobutini koʻrganimdagi holatimni bayon qilib bera olmayman. Prezidentimizning nurli siymosi hamisha koʻz oʻngimizda, porloq xotirasi yuragimizda yashaydi!

 

Otabek YOʻLDOShOV,

Amudaryo akademik litseyi direktori,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. 

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026