01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 19:55
Jamiyat 👁 2,986

BOLALARI SOFLOM YuRT

BOLALARI SOFLOM YuRT

Bizning 25-sonli maktabgacha taʼlim muassasamizda 5-6 yoshli bolalarni  maktab taʼlimiga tayyorlash, ularning  qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirish, borasida oʻziga xos tajriba toʻplangan. Katta va kichik guruh tarbiyachilarining oʻzaro hamkorligi tufayli bolalar MTMlar uchun belgilangan taʼlim-tarbiya dasturini juda tez va oson oʻzlashtirishadi. Bunda guruhlararo oʻtkaziladigan "Shirintoy-kichkintoy”, "Sogʻlomjon-Polvonjon” koʻrik-tanlovlari va "Shaxmat-shashka”, "Zumradoylar davrasi” ashula va raqs, "Kichkintoy sportchi” toʻgaraklarining mashgʻulotlari bolalar dunyoqarashining shakllanishida, ularning qalbida oʻzaro mehr-oqibat tuygʻularining uygʻonishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayniqsa, "Sogʻlomjon-Polvonjon” koʻrik-tanlovida qatnashishga, gʻolib boʻlishga intilish, oʻziga ishonch tuygʻusi bolalarni kuchli va irodali boʻlishga oʻrgatadi. Muqaddas Xoʻjalapesova, Omongul Bekniyozova, Toʻlgʻonoy Oʻrozboyeva, Anorgul Saparboyeva, Zumradxon Shermatova kabi tarbiyachilarning oʻz ishlariga ijodiy yondashib, har bir mashgʻulotni koʻrgazmali qurollar asosida, tabiat qoʻyniga sayohat tarzida oʻtkazishlari bois, bolalar bunday mashgʻulotlarda oʻta qiziquvchanlik bilan ishtirok etadilar. Ashula va raqs toʻgaragi rahbari Sabohat Ismoilova tomonidan ishlab chiqilgan toʻgarak rejaviy tadbirlari bolalarning jon-u dili. Chunki bolalar ona Vatan haqida, baxtiyor bolalik haqida qoʻshiq oʻrganibgina qolmay, Sabohat opalari rahbarligida ona Vatan manzaralarini tasavvurlarida jonlantirishni, bu haqda erkin hikoya qilib berishni oʻrganadilar.

Muassasamiz har yili tuman va respublika miqyosidagi turli koʻrik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, "Sogʻlomjon-Polvonjon” koʻrik-tanlovida 2013-yilda tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasida faxrli 1-oʻrinni egallagan bolajonlarimiz 2016-yilda ham  ushbu koʻrik-tanlovning tuman bosqichi gʻolibi boʻlishdi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldik.

Kichkintoylarning sogʻligini har kuni koʻrikdan oʻtkazib, ularga berilayotgan taomlar roʻyxatini tuzishda muassasa hamshirasi Tamara opa Usanboyevaning xizmati alohida tahsinga loyiq. Bundan tashqari, muassasa mudiri Baxtiyor Yeshimbetov taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga alohida  eʼtibor berganligi tufayli bogʻchamiz havas qilsa arzigulik koʻrkam qiyofa kasb etgan. Muassasamizga rahbarlik qilib kelayotgan Baxtiyor Yeshimbetov muassasamizda oʻtkaziladigan barcha tadbirlarning saxovatpesha homiysi hisoblanadi.

Yurtimizda har kuni bayram. Mustaqilligimizning 25 yilligiga bagʻishlangan bayramona tadbirlar bizning Bobur nomli ovulga ham tantanavorlik baxsh etgan. Oʻzlarining chiroyli raqslari, shoʻx-shodon ashulalari bilan ana shunday tadbirlarda ishtirok  etayotgan bolajonlarimizning yuzlaridagi quvonch va baxtiyorlik nashidasi har bir koʻngilga xotirjamlik bagʻishlaydi.

Bolalari sogʻlom, baxtiyor va quvnoq Vatanimizda, xalqimiz qalbida ana shunday xotirjamlik hokim ekan, HURlik va OZODLIK, TINChLIK quyoshi mangu porlayveradi.

Tozagul NORBOYeVA,

Bobur nomli ovuldagi 25-sonli MTM tarbiyachisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026