RAGʻBAT YuTUQLARGA ChORLAYDI
Paxta yigʻim-terimi kun sayin avj oldirilayotgan shu gʻanimat kunlarda barcha korxona-tashkilotlar xodimlari mavsum ishlarida paxtakorlarga yaqindan yordam berishni oʻzlarining insoniylik burchi deb bilmoqdalar, qoʻllariga etak olib dalalarda yetishtirilgan qimmatbaho xomashyo – paxta terimiga oshiqmoqdalar.
Terim ishlariga hissa qoʻshishga intilayotgan Oʻzbekiston MTDP tuman Kengashi ham fermer xoʻjaliklar terimchilari, hasharchilar huzurida boʻlib, mehnat ilgʻorlarini moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirib, yana ham gʻayrat-shijoat bilan ishlashga ruhlantirmoqda.
Yaqinda Kengash raisining jamoatchilik asosidagi maʼnaviy-maʼrifiy va mafkuraviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Rustam Rajabov "Uyshin” mahallasidagi "Yoʻldasheva Guliston” fermer xoʻjaligida boʻlib, boshqalarga oʻz mehnati bilan oʻrnak boʻlayotgan bir guruh terimchilar - Nazokat Haytikova, Kumush Begimova, Saida Sobirova, Dilbar Oʻrozoqovalarga OʻzMTDP tuman Kengashi nomidan sovgʻalar topshirib, ularni yana ham unumli ishlashga chorladi.
(Oʻz muxbirimizdan).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶