30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:34
Fan va taʼlim 👁 3,429

KASB MASʼULIYaTINI ChUQUR ANGLAB

KASB MASʼULIYaTINI ChUQUR ANGLAB

Mustaqillik yillarida taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilgan ulkan eʼtibor tufayli yosh avlodga bilim asoslarini puxta oʻrgatish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga erishilmoqda. Taʼlim-tarbiya jarayoniga koʻplab oʻzgartirishlar, yangicha yondoshuvlar tatbiq etilmoqda.

Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirib borishini taʼminlashda  "Ustoz-shogird” anʼanasi juda ahamiyatlidir. Mazkur usulda oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, ilgʻor tajribalar oʻrganilishi, eng bilimdon shogird tayyorlagan ustozlar tajribalarini almashish, oʻrganish taʼlim sifatining oshishiga xizmat qilmoqda.

Bizning maktabimizda ham yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarimiz talaygina. Muassasamiz taʼlim sifati parametr koʻrsatkichlari boʻyicha reytingda tumanda beshinchi oʻrinni egalladi. Bu yutuqda frantsuz tili oʻqituvchilarining hissasi ayniqsa ulkan.

Ayni kunda nafaqada, keksalik gashtini surib yashayotgan, maktabimizning sobiq frantsuz tili oʻqituvchisi Qurol aka Safarboyev mahorat bilan dars berib, ularning koʻnglida oʻz kasbiga ixlos uygʻota olgan uch nafar oʻquvchisi hozir  ustoz ishini qunt bilan davom ettirishmoqda. Jamila Haytakova – shularning biri. Uning maktabimizdagi oʻqituvchilik faoliyati 1996-yilda boshlangan.

Oʻqituvchi mahorati oʻquvchilarining fanni oʻzlashtirishida, erishgan yutuqlarida aks etadi. Jamila Haytakovaning oʻquvchilari 2012-2013 oʻquv yilida Bilimlar bellashuvining Oʻzbekiston bosqichi gʻolibi, 2013-2014 oʻquv yilida fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston bosqichi gʻolibi boʻlganligi uning oʻz faniga shogirdlarini qanchalik qiziqtira olganini va oʻzlashtirishlariga erishganini koʻrsatadi.

Qurol Safarboyevdan dars berish usullarini, bolalar koʻngliga yoʻl topish sirlarini chuqur oʻrgangan munosib izdoshlar frantsuz tili fani oʻqituvchilari Roza Yoʻldosheva va Munavvar Xolmurodovalardir.

Ulardan taʼlim-tarbiya olayotgan oʻquvchilar ham Bilimlar bellashuvi, fanlar olimpiadasi va boshqa turli koʻrik-tanlovlarda oʻzlarining salohiyati va fan asoslarini chuqur oʻzlashtirganliklari tufayli doimo gʻoliblar safida boʻlishmoqda.

Mamlakatimizda hech bir ezgu ish eʼtibordan chetda qolmaydi. Jamila Haytakova 2014-yilda "Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganligi buning isbotidir.

Men ishonch bilan ayta olamanki, dunyoning hech bir burchagida bizning mamlakatimizdagidek oʻqituvchi, murabbiylik kasbi ulugʻlangan mamlakat yoʻq. 1996-yildan boshlab, har yili 1-oktyabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi yoʻlga qoʻyilganligi ham fikrimizning dalilidir.

Biz bundan faxrlanamiz va ana shunday yuksak eʼtiborga loyiq mehnat qilishga intilamiz.

 

Bekmurod

ShOMURODOV,

22-sonli maktab direktori.

(Foto: http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026