30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:38
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,008

MUSTAHKAM HAMJIHATLIK NATIJASI

MUSTAHKAM HAMJIHATLIK NATIJASI

Alijon Nurmonov, Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Qoraqalpogʻiston gidrogeologo – meliorativ ekspeditsiyasi Amudaryo meliorativ tizimi boshligʻi:

- Tumanimiz paxtakorlarining joriy yilimiz uchun belgilangan davlatga paxta sotish rejasini ortigʻi bilan ado etganliklari toʻgʻrisidagi xushxabar bizning mehnat jamoamizni ham quvonchga beladi. Chunki erishilgan gʻalabada bizning ham hissamiz ulkan.

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilamay turib, undan koʻzlanganiday hosil olishning iloji yoʻq. Shuni inobatga olgan holda keyingi yillarda tumanimiz hududidagi ekin maydonlarining tuproq unumdorligini oshirish borasida muttasil ravishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning oʻzida birinchi bosqichda Qilichboy kollektorining 12 kilometri rekonstruktsiya qilinishi natijasida 1520 gektarekin maydonlarining meliorativ holati yaxshilandi.

Shuningdek, Xolimbeg, Qilichboy hududida 34 kilometrdan ziyod, Xorazm viloyati bilan chegara hududda 62 kilometrga yaqin kollektor va zaxkashlarda tiklash-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Ikkinchi bosqichda "Shoʻryop” SIUga qarashli hududda 90 kilometrdan ziyod kollektorlarda tiklash-taʼmirlash ishlari olib borilganligi tufayli 3000 gektarerning  unumdorligi ortishiga zamin yaratildi.

Tumanimiz paxtakorlari bunyod etgan yuksak paxta xirmonida amalga  oshirilgan bu tadbirlarning hissasi katta.

Muzaffar Eshchonov, tuman Oʻsimliklarni himoya qilish otryadi boshligʻi:

- Tumanimiz paxtakorlarining erishgan ulkan yutugʻi barcha qatori bizning mehnat jamoamizni ham sevintirdi. Chunki biz ham yil  boshidan beri dehqonlarimizning  ulkan paxta xirmoni bunyod etishdek ezgu maqsadining amalga oshishi uchun hamjihatlikda mehnat qildik.

Maʼlumki, gʻoʻza nihollarini biologik himoya qilish kimyoviy preparatlardan foydalanishdan koʻra arzon va zararsizdir. Keyingi yillarda qishloq xoʻjalik ekinlarini turli zararkunandalardan himoya qilishda faqat biologik usuldan foydalanilayapti.

Joriy yilda bizning biolaboratoriyalarimizda paxtachilik uchun rejadagi 39 mln. 675 000 dona oʻrniga 39 mln. 883 800 dona oltinkoʻz, 127 600 gramm oʻrniga 127 620 grammtrixogramma, 47 mln. 850 000 dona oʻrniga 47 mln. 863 400 dona brakon yetishtirildi. Natijada gʻoʻza nihollari zararkunandalardan ishonchli himoya qilindi.

Jamoamiz aʼzolari yetishtirilgan hosilni yigʻib-terib olishda ham paxtakorlarga mavsum davomida koʻmakdosh boʻlishmoqda. Yaratilgan xirmonda hissamiz borligidan faxrlanamiz.

Yangiboy Yeshmuratov, "Amudaryo - Agromashtrans MTP” MChJ raisi:

- Bir vaqtlar Oʻzbekiston sharoitiga mos paxtaning ertapishar navlari boʻlmagach,  yigʻim-terim mavsumi qish oylarigacha choʻzilar, katta-yu kichik terimga  jalb etilib, mavsum tugaguncha xalqning tinkasi qurib qolardi. Ilm-fan yutuqlari sohaga jalb qilinishi tufayli hozirgi kunda paxtaning ertapishar navlari ekilib, hosil yigʻim-terimi kuzning  iliq kunlaridayoq nihoyasiga yetkazilmoqda. Paxta terimi endi mashaqqatli mehnat emas, balki zavqli, el-yurt birlashib, ezgu niyat yoʻlida qilinadigan bayramona saʼy-harakatga aylandi. Terilgan paxtalar  dala boshida oʻlchab olinib, qabul punktlariga joʻnatiladi. Terimda qatnashayotganlarga issiq ovqat tashkil qilinib, unumli ishlashlariga sharoit yaratilmoqda.

Paxtazorlarimizda bugungiday moʻl hosil yetishtirilishida, koʻzlangan rejaning barvaqt ado etilishida bizning  mehnat jamoamizning ham munosib oʻrni bor. Erta bahorda yerlarni sifatli haydab, ekishga tayyorlashdan to yigʻishtirib olingan hosilni qabul punktlariga  tashishda ham bizning texnikalarimiz dehqonlarga qoʻl-qanot boʻlmoqda. Ekish mavsumida 1715 gektar yer sifatli haydaldi, to shu kunga qadar fermer xoʻjaliklarining texnikalari uchun zarur ehtiyot qismlar yetkazib berildi, ayni kunda ham sakkizta transport traktorlarimiz terib olingan paxtani qabul punktlariga tashishda yaqindan yordam berayapti.

Birlashgan oʻzar, deganlariday tumanimiz xalqining mustahkam  hamjihatligi natijasida bugungi ulkan 32840 tonnalik xirmon yaratildi. Dalalarda xalqimizning rizqini yaratayotgan paxtakorlarimizni, ularga koʻmakdosh boʻlgan barcha hasharchilarni bugungi gʻalaba bilan qutlayman!

Hamro Matyoqubov, tuman IIB YoXB boshligʻi, mayor:

- Yigʻim-terim davrida yongʻin havfining oldini olish alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, paxta – bizning milliy boyligimiz, iftixorimiz hisoblanadi. Shuning uchun uni asrashga barcha shart-sharoitlarni ishga solib, yongʻin chiqishining oldini olishga harakat qilayapmiz. Paxta hosilini paxta qabul qilish punktlariga eltishda alohida eʼtibor va masʼuliyat zarur. Traktor tirkamalariga ortilgan paxta ustiga albatta sholcha yoki brezent yopilishi nazorat qilinmoqda. Paxta qabul qilish punktlarida va paxta dalalarida chekish, ochiq olovdan foydalanish hamda paxta hosilini yoʻl chetlarida quritish qatʼiyan man qilinishi soha xodimlariga tushuntirilmoqda.

Tumanimizdagi "Amudaryo paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati hamda unga qarashli paxta qabul qilish shoxobchalarida paxta hosilini qabul qilishga tayyorgarlik bilan bir qatorda yongʻinning oldini olish  ishlari puxta olib borildi. Jamiyat va unga qarashli shoxobchalar yongʻinga qarshi birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlandi. "Paxta-2016” yigʻim-terim mavsumiga yordamga kelgan hasharchilarning yashash joylarida yongʻin xavfsizligi choralari koʻrildi.

Hozirgi kunda yuqoridagi tartib-qoidalar toʻgʻrisida suhbatlar oʻtkazilib, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar berilmoqda. Paxta qabul qilish shoxobchalarida koʻngilli yongʻin oʻchirish guruhlari tuzilib, guruh aʼzolariga tegishli vazifalar yuklatildi.

Bizning maqsadimiz dehqonlarimizning peshona  teri, mashaqqatli mehnatlari tufayli yetishtirilgan va yigʻishtirib olingan paxtani yongʻindan asrashdir.

Suhbatdosh Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026