PARISI BOR UY
Mamlakatimizda yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bois, jamiyatimizdagi har bitta oila tinch-totuv, ahil-inoq yashamoqda. Tumanimizning "Choykoʻl” ovulida yashovchi Jumaniyozovlar oilasi ana shunday totuv va baxtiyor oilalardan. Oilaning yoshi ulugʻ onaxoni – sarishta uyning parisi Jamila momo Jumaniyozova bu yil 90 yoshni qarshiladi. Hozirda bu onaxonning oʻgʻli va kelinlari, nevaralari va nevara kelinlari ham tinch-totuv boʻlib, bir xonadonda istiqomat qilishmoqda. Jamila momoning 40 nafardan ziyod nevara va 4 nafar evarasi bor. Onaxon kenja oʻgʻli – Jumaboy aka va kelini Gulsaur opa bilan birga yashab, har yili ipak qurti boqish mavsumida moʻl-koʻl pilla hosili yetishtirishadi. Gulsaur opa "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi” esdalik nishoni, "Qoraqqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillakor” unvoni sohibasi.
"Choykoʻl” ovulida mohir pillakorlar koʻp. Lekin Jamila momo Jumaniyozova boshchiligidagi katta xonadonning katta kelini Gulsaur Nagʻmetovaning sohani rivojlantirishdagi xizmati, pillachilikda toʻplagan tajribasi ibratga loyiq.
Bu oilada voyaga yetayotgan farzandlar ham oʻqimishli, oʻz xulq-atvorlari bilan mahalla ahlining eʼtiborini qozongan. Nevara kelinlar katta kelin, ayni damda qaynona Gulsaur opa bilan xuddi ona-boladek bir-birlariga mehribon, samimiy. Shu bois, oiladagi barcha ishda oʻziga xos tartib, intizom bor. Tomorqa yumushlari, oilaviy tadbirlarda hamisha bir-birlari bilan maslahatlashib turishlari – oila iqtisodining yanada yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etayotganidan keksa onaxon Jamila momo xursand.
- Bolalarim omon boʻlishsin, yurtimizdagi tinchlikka, totuvlikka, toʻkin-sochinlikka koʻz tegmasin, - deya duo qilishdan aslo charchamaydilar.
Muhayyo
OʻROZBOYeVA, QDU talabasi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶