TINGLASh – HAM SANʼAT, HAM HURMAT
Qadim zamonlardan xalqimiz dono va yuksak saviyali insonlar boʻlishgan. Ularning oʻgitlari qancha asrlar oʻtsa-da hali ham oʻz qadrini yoʻqotmagan. Xatto bugungi texnika yuksak darajada rivojlangan asrda ham ular bizga qoʻl keladi.
Koʻpchilik gapirishni, oʻz yutuqlarini maqtanishni xush koʻradi. Ammo kamtarlik ham inson ziynati. Bir tasavvur qilib koʻring-a, siz oʻzingizdan kichkinaga nasihat qilsangiz-u, u sizning gapingiz tugamasdan turib "bilaman", deya zarda qilsa, koʻnglingizga qanchalar ogʻir botadi. Ammo endi bir eslab koʻring-chi, sizga onangiz maslahat tarzida ehtiyot boʻlishingizni aytganda: "Boʻldi-da, endi men yosh bolamasman-ku”, deya zarda qilganingizda onangiz qay ahvolga tushadi? Ana, koʻrdingizmi, onangizga, sizdan yoshi ulugʻ insonlarga ham muomalangiz ogʻir botadi. "Qush uyasida koʻrganini qiladi”, degan naqlni eslang. Sizdan farzandingiz, uka-singlingiz oʻrnak oladi.
Shunday ekan, gapirishdan oldin tinglashni oʻrganaylik. Zero, tinglash ham saʼnat, ham hurmat hisoblanadi. Kamgap inson koʻp narsani biladi, chunki u eng muhim boʻlgan tinglashni biladi. Koʻp gapirib, birovlarni sabrla tinglayolmaydigan inson deyarli hech narsani toʻliq bilmaydi. Chunki u hech narsani oxirigacha tinglamagan.
Azizlar, tinglashni oʻrganing, bu atrofdagilarda sizga nisbatan hurmat uygʻotishga va koʻp narsalarni oʻrganishingizga yordam beradi.
Aʼloxon RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶