01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 23:14
Jamiyat 👁 2,514

HOKIM YoShLAR BILAN UChRAShDI

HOKIM YoShLAR BILAN UChRAShDI

Mamlakatimizda yoshlar salohiyatini yuksaltirish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, kelajagimiz egalarini jamiyatning faol aʼzolariga aylantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda yaqindagina qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston yoshlari hayotining barcha yoʻnalishlarini yanada keng qamrab oldi. Ushbu Qonun ijrosini hamda davlat hokimiyati organlarining ochiqligini taʼminlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilgan holda ularning bilim va salohiyatlarini, iqtidorlarini yuzaga chiqarish, yoshlar orasida ishbilarmonlik muhitini yaratish, kasb-hunar egallashlari, ish bilan bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlarida koʻmaklashish maqsadida tumanimiz yoshlarining tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Shu yilning 22-noyabr kuni "Vatan  kelajagi sening qoʻlingda!” shiori ostida oʻtkazilgan "Hokim va yoshlar” mavzusidagi uchrashuv yigʻilishida tuman hokimi, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, Davlat Soliq inspektsiyasi, tijorat banklari boshqaruvchilari, Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va shahar maktablari direktor oʻrinbosarlari, Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi-yoshlari ishtirok etdilar.

"Hokim va yoshlar” uchrashuvida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni doirasida tumanda olib borilayotgan ishlarga keng toʻxtaldi.

Shuningdek, tuman hokimi bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 60 foizini yoshlar tashkil qilishini, Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida yil sayin yasharib va juda tez rivojlanib borayotgan davlat ekanligini taʼkidladi.

– Dunyo hamjamiyati tomonidan taraqqiyotning oʻziga xos oʻzbek modeli sifatida eʼtirof etilgan havaslarga  loyiq rivojlanish tamoyillari bugun xalqimizni haqiqiy farovonlik, baxt-saodat yoʻliga olib chiqdi, - dedi u oʻz soʻzida. – Mamlakatimizning bunday yuksalishida yoshlarning hissasi yanada salmoqli. Chunki mustaqillikning ilk yillaridanoq muhtaram Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Mustaqil Oʻzbekistonda ilk qabul  qilingan Qonunlardan biri ham "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun boʻldi. Ushbu Qonun asosida mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, hech kimdan kam boʻlmagan millat yoshlarini voyaga yetkazish borasida juda katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, 2014-yil 6-fevralda Birinchi Prezidentimizning "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori asosida qabul qilingan Dastur doirasida yoshlar hayotiga oid barcha yoʻnalishlar qamrab olindi. Oʻzbekiston yoshlari, shu jumladan, tumanimiz yoshlari ham barcha sohalarda yuksak natijalarga erishdilar. Ayniqsa, ilm-fan va ijodda, sport va tadbirkorlik sohalarida jahonning ilgʻor yoshlari safidan joy olmoqdalar. Tumanimiz yoshlari 4-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishlariga ishonaman.

Kun tartibidagi "Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi masala boʻyicha tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori Akbar Xoʻjamurodov, "Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, faoliyat koʻrsatayotgan toʻgaraklar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi masala boʻyicha tuman XTMFMTTE boʻlimi mudiri Ozod Matmurodovlar maʼruza qildilar.

Maʼruzalar yuzasidan boʻlgan muzokaralarda tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, "Mahallaning orasta qizlari” koʻrik-tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi gʻolibi, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 2-bosqich oʻquvchisi Muhayyo Yoʻldosheva, "Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2016” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi Gulnura Toʻliboyevalar soʻzga chiqishib, mamlakatimizda, xususan tumanimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va shu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʻzlari erishayotgan yutuqlar haqida gapirdilar.



Uchrashuv kun tartibida koʻrilgan masalalalar yuzasidan savol-javoblar boʻldi. Yoshlar tuman hokimi S.Yoʻldashevga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Tuman hokimi yoshlarning barcha savollariga batafsil va atroflicha javob berdi.

Samimiy muloqotlarga, munozaralarga boy tarzda oʻtgan "Hokim va yoshlar” uchrashuvi yakunida tuman hokimi S.Yoʻldashev bir guruh iqtidorli yoshlarga sovgʻalar topshirdi. Uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026