NOGIRONLAR UChUN TENG IMKONIYaTLAR YaRATILDI
4-dekabr kungi boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida nogironlarga, imkoniyati cheklangan fuqarolarga ham saylovda faol ishtirok etishlari uchun teng imkoniyatlar yaratildi. Tumanimizdagi mavjud 58 ta saylov uchastkasining barchasida ham nogironlar – imkoniyati cheklangan kishilarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, munosib deb bilgan nomzodlariga emin-erkin ovoz berishlari uchun yetarli sharoitlar yaratildi. Xususan, har bir uchastkada maxsus ovoz berish kabinasi tayyorlandi, hatto nogironlik aravasida keluvchilar uchun maxsus yoʻlaklar hozirlandi, koʻzi ojizlar Brayl alifbosidagi saylov byulletenlarida ovoz berdilar. "Doʻstlik” mahallasidan B.Oʻrozboyev, Qipchoq ovulidan M.Rahimov, Durunki mahallasidan A.Oʻrozimbetov kabi oʻnlab koʻzi ojiz fuqarolarga Brayl alifbosidagi saylov byulletenlari joriy qilingani oʻzlari eng munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishida juda qoʻl keldi.
Bu dunyoda hammaning ham oʻynab-kulib, baxtiyor yashagisi keladi. Afsuski, oramizda baʼzan baxtsiz hodisalar tufayli nogiron boʻlib qolgan, baʼzan tugʻma nogiron fuqarolar ham uchraydi. Biroq bizning jamiyatimizda ular ham boshqa fuqarolar qatori huquqlarga ega. Navoiy nomli mahallada istiqomat qiluvchi Darmonjon Ibodullayevaning chevarligiga, odamshavandaligiga ochigʻi, koʻpchilik havas qiladi. Biroq jismoniy imkoniyati cheklanganligi tufayli saylovda ovoz berish uchun bora olmasligini oʻz hududidagi uchastka saylov komissiyasiga bir necha kun oldin maʼlum qilib qoʻyganligi uchun uchastka saylov komissiyasi aʼzolari uning uyiga borib, oʻz xohish-irodasini bildirishiga imkoniyat yaratdilar.
Shuningdek, Beshgujum koʻchasi, 48-uyda istiqomat qiluvchi Muhabbat Qodirova ham oʻz yashash joyida oʻzi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga asosan ularga bunday imkoniyatlar yaratilgani, 4-dekabr kungi boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Brayl alifbosidagi saylovga taklifnoma va saylov byulleteni Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlari orasida ilk bor Oʻzbekistonda joriy etilgani davlatimiz siyosatining adolatparvar va insonparvarligi namunasidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶