02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:42
Jamiyat 👁 4,647

AYoL VA HUQUQ

AYoL VA HUQUQ

Insoniyat paydo boʻlganidan beri kishilik jamiyatida ayolga alohida hurmat-ehtirom koʻrsatilib kelingan. Ayniqsa, Sharq xalqlarida ayol millat davomchisi, oila qoʻrgʻonining farishtasi sifatida eʼzozlab kelingan. Sohibqiron Amir Temur bobomiz jangu jadallardan birida dushman qoʻshinini yengolmay, koʻp mashaqqat va qiyinchiliklarga duch kelganida Bibixonimga xat yozib, maslahat soʻragan ekan. Shunda oqila malika: "Sohibqironim, sizning qurol-aslahangiz, jang borasidagi barcha tadbirlaringiz tugagan boʻlsa ham, siyosatingiz tugamagandir?” – deb javob yoʻllaydi. Mana shu misolning oʻziyoq Sharq ayoli siyosat bobida ham qanchalar zukko boʻlganidan dalolat beradi.

Mustaqillik yillarida xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalik muhofazasini taʼminlash, ayollarning jamiyat hayotidagi mavqeini oshirish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, barcha sohada xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar, yaratilgan shart-sharoitlarni yanada kuchaytirish masalalari davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu borada biz bugun 24 yilligini nishonlayotganimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkam qonuniy asos boʻldi. Bosh Qomusimizning 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 17-moddasida barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega boʻlish layoqati teng ravishda eʼtirof etilishi, Oila kodeksining 2-moddasida esa oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqliligi mustahkamlab qoʻyilgan. Mehnat kodeksining 6-moddasi talablari barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega boʻlishi va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egaligi, ularning jinsiga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoʻl qoʻyilmasligi va bunday holatlar vujudga kelsa, kamsitish deb hisoblanishi huquqiy norma sifatida belgilangan.

Bundan tashqari, mamlakatimiz BMT tomonidan qabul qilingan ayollar huquq va erkinliklarini taʼminlashga oid koʻplab xalqaro hujjat hamda shartnomalarga qoʻshilgan.

Ana shu mustahkam huquqiy poydevor tufayli istiqlol yillarida ayollarning davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish borasida koʻpgina ishlar qilindi. 1991-yilda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tashkil etilgani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini yanada jadallashtirishda muhim vosita boʻldi.

Birinchi Prezidentimizning 1995-yil 2-martdagi "Oʻzbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2004-yil 25-maydagi "Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonlari ushbu yoʻnalishdagi islohotlarni yangi pogʻonaga koʻtardi.

Ayni paytda mazkur muhim hujjatlar asosida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda ayollarning oila hamda jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasida ibratli ishlar olib borilayotir.

Dunyoning kamdan-kam davlatlari qatorida mamlakatimizda ayollar uchun maxsus davlat mukofoti taʼsis etilgan. Birinchi Prezidentimizning iqtidorli ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1999-yil 10-iyundagi Farmoni bilan taʼsis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti buning yaqqol tasdigʻidir. Mazkur Farmon asosida hozirgi paytgacha respublikamizdagi yuzlab qizlarimiz ushbu mukofot sovrindori boʻlgani nafaqat ularni, balki tengdoshlarini ham yurt taraqqiyotiga munosib ulush qoʻshishga ruhlantirmoqda.

Xotin-qizlar salomatligini asrash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari ham davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bosh Qomusimizning 40-moddasida "Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qoʻyilgani, 1998-yil 10 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga asosan, hududlarda perinatal va tugʻruq majmualari tomonidan homilador ayollarga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatilayotgani natijasida oxirgi yillarda nogiron bolalar tugʻilishini 40 foizga kamaytirishga erishildi.

Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 1-avgustdagi qarori asosida qabul qilingan 2014-2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi mazkur yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarning uzviy davomidir.

Bu kabi eʼtibor natijasida ayol-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi kun sayin oshib bormoqda. Bugungi oʻzbek ayoli siyosiy bilimi yetuk deputat, bilimdon oʻqituvchi, qoʻli yengil shifokor, ishbilarmon tadbirkor, sergʻayrat fermer, qoʻyingki, barcha sohaning faoli, davlat va jamiyatning ilgʻor aʼzosidir. Yaqindagina boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ham ayollarimiz faol ishtirok etib, kelajagimiz uchun ovoz berdilar.

Ayollarimizga mana shunday imkoniyat bergan Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 24-yil toʻlmoqda. Fursatdan foydalanib, kelajagimiz asosi, baxtimiz poydevori va huquqlarimiz kafolati boʻlmish Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan barcha ayollarni muborakbod etaman!

Maryam AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026