02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:42
Jamiyat 👁 6,908

YoShLAR TARBIYaSI UChUN MASʼULMIZ

YoShLAR TARBIYaSI UChUN MASʼULMIZ

Barchamizga yaxshi maʼlumki, 2016-yil Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan "Sogʻlom ona va bola yili” deb eʼlon qilingan edi. Bu borada davlat dasturi tasdiqlanib, koʻplab tadbirlar amalga oshirildi. Bu har tomonlama sogʻlom avlodni voyaga yetkazish yoʻlidagi ishlarimizni izchil davom ettirib, yanada yuksak bosqichga koʻtarishga xizmat qilmoqda. Joriy yilda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun ushbu sohaning asosiy yoʻnalishlari boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni aniq belgilab berdi. Yosh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan yil davomida 2 trillion soʻmdan ortiq kreditlar ajratildi.

Muxtasar qilib aytganda, ana shu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 7 trillion 480 milliard soʻm va 190 million dollardan ziyod mablagʻ sarflandi.

Shuning oʻzi, oʻylaymizki, bu boradagi amalga oshirilgan ishlar koʻlami va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: – "Biz taʼlim va tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, – deya taʼkidladilar oʻz maʼruzasida. – Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan oʻgʻil-izlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulugʻ ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand boʻlishi, baxtli boʻlib izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi yoki zaif boʻlib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, eʼtibordan qolib, oʻzgalarga tobe va qul, asir boʻlishi ularning oʻz ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʻliq”. Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan boʻlsak, bu soʻzlarning chuqur maʼnosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon boʻladi”.

Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun oʻz dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yoʻqotmaydigan masala boʻlib qolmoqda. Gʻarazli kuchlar sodda, gʻoʻr bolalarni oʻz ota-onasiga, oʻz yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin boʻlmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-koʻy bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qoʻliga berib qoʻymasdan, ularni oʻzimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan koʻproq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy koʻmak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratishimiz zarur. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy anʼanalarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz.

Shu barobarida taʼlim-tarbiya ishi ayniqsa, yoshlar tarbiyasi borasida bor kuch va bilimimizni sarflashga har lahzada burchlimiz.

O.YOʻLDOShOV,

Amudaryo akademik litseyi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.
(Foto - OʻzA)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026