02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 04:39
Jamiyat 👁 4,640

“KITOB OʻQIMAYMAN, LEKIN UYIM SAROYDAN KAM EMAS...” yoxud koʻz-koʻz qilinayotgan maʼnaviy qashshoqlik

“KITOB OʻQIMAYMAN, LEKIN UYIM SAROYDAN KAM EMAS...” yoxud koʻz-koʻz qilinayotgan maʼnaviy qashshoqlik

... Yoshligimda kitobga juda oʻch edim: qayerga mehmonga borsam, eng avval kitoblar terilgan tokchaga koʻz tashlardim, agar men oʻqimagan kitobga koʻzim tushsa, bir chekkaga oʻtib olib, dasturxonga ham qaramasdan, kitobga muk tushardim. Akalarim ham juda kitobxon edilar. Bir-birimizdan oʻrnak olib, kitob oʻqirdik, bahs-munozaralar qilardik...

Bugun 34 yillik pedagogik tajribaga ega inson sifatida yoshlarimizning yutuqlaridan quvonaman, lekin ziyoli sifatida koʻnglimning bir cheti hijil boʻladi…

Viloyatlardagi hamkasblar bilan uchrashganda axborot texnologiyalari taraqqiyoti bolalarimizni qashshoq qilib qoʻyayotgani,  bugungi yoshlarning kitob oʻqimayotganligi sabablarini tahlil qilamiz.

Farzandlarimizning ilmga intilayotgani – bizning yutugʻimiz. Bugun oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirayotgan, oʻqish istagida repetitorlardan maxsus dars olayotgan yoshlar juda koʻp. Lekin darslik mutolaasi yaxshi-yu, badiiy asarlar eʼtibordan chetda qolayapti. Axir nazariy bilimdon degani maʼnaviyatli degani emas-da.

Koʻpchilik ota-onalar bolalariga noutbuk, telefon, qimmat kiyimlar, velosiped olib berganligini, Toshkent, Rossiyaga sayohatlarga olib borganini aytib maqtanishadi. Hatto, baʼzi davralarda yoshi katta kishilarning "Kitob ham, gazeta ham oʻqimayman, lekin tagimda mashina, uyim saroydan kam emas. Doʻstlarim  ham bisyor, borsam, oyogʻim tagiga qoʻy soʻyadi”,  deb maqtanayotganini eshitib qolamiz. Axir ular bu gaplari bilan maʼnaviy qashshoqligini koʻz-koʻz qilayotganini nahotki anglamayotgan boʻlsa?.. Bunday otadan:

– Farzandingiz kitob oʻqiydimi?  – deb soʻrashning oʻzi ortiqcha.

Beixtiyor uning suhbatidan nari ketging keladi. Chala, noaniq, maqsadsiz va nursiz fikrli ota-ona bilan bir oilada oʻsayotgan bolaga iching achiydi.

Koʻpchilik ota-onalar: "bola kerakli narsalarni noutbuk yoki telefondan oladi, elektron kitoblar internetda tiqilib yotibdi”, – deyishadi. Lekin bugun telefonlar-u internetdagi koʻpchilik saytlar bolalarimizga buzgʻunchilik, zoʻravonlikni oʻrgatayotganligi, bola tarbiyasiga ularning salbiy taʼsiri haqida ayrim ota-onalar oʻylab ham koʻrishmaydi.

Abdulhamid Choʻlpon "Adabiyot nadur?” maqolasida:

"… toʻxtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur boʻlsa, maishat yoʻlida har xil qaro kuchlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdur. Adabiyot yashasa, millat yashaydi”.

"… Adabiyot chin maʼnosi ila oʻlgan, soʻngan,… oʻchgan, majruh, yarador koʻngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, oʻtkir yurak kirlarini yuvadirgan toza maʼrifat suvi,.. chang va tuproqlar toʻlgan koʻzlarimizni artib tozalaydurgan buloq suvi boʻlganligidan bizga gʻoyat kerakdur” – deb bejiz aytmagan.

Biz bolalarimizga oʻzimiz oʻrnak boʻlmogʻimiz, ularning qiziqishlari, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlab oʻqish koʻnikmasini ham shakllantirmogʻimiz kerak. Kitobdan, maʼnaviyatdan uzoqlashish inson hayotidagi muammolar va chigalliklar keltirib chiqaradigan asosiy omil ekanligini ularga tushuntirmogʻimiz kerak.

Baʼzan kasbi orqasidan roʻzgʻor tebratayotgan hamkasblarim ham adabiyot fanidan oʻtkaziladigan attestatsiyada test savollariga javob  topa olmay qiynalayotganidan hayron qolaman. Bu bilan men hamkasblarimni yerga urmoqchi emasman, lekin bugungi  adabiyot fani oʻqituvchisining saviyasi haminqadar boʻlsa, darsini xom-xatala oʻtib chiqsa, biz nega oʻquvchidan xafa boʻlamiz?

Baʼzan tuman televideniyesida turli sanalar munosabati bilan ayrim maktablarda oʻtkazilgan tadbirlarni koʻrib: "Bu maktabda adabiyot oʻqituvchisi yoʻqmikan?”, - deb oʻylab qolaman. Axir oʻquvchilar nutqidagi gʻalizliklarni bartaraf qiladigan adabiyot oʻqituvchilari-ku!

Baʼzan oʻquvchilarimga talabaligimda birinchi stipendiyamga kitob sotib olib, uydan pul kelguncha bir oy qiynalganimni aytib bersam, bolalar: "Ustoz, sodda boʻlgansiz-da”, – deb qoʻyishadi. Toʻgʻri, biz soddaroq boʻlgandirmiz. Sababi bizning talabalik davrimizda taraqqiyot ham soddaroq edi. Bugun shitob bilan rivojlanayotgan zamonda bolalarimiz koʻproq kitob oʻqishi uchun kitoblarning zamonaviyroq shakllarini – elektron kutubxonalarni koʻpaytirishimiz kerakdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12 yanvardagi farmoyishi bu sohadagi qilinadigan ishlar koʻlamini belgilab berdi. Shunday ekan, aziz birodarlar, oʻzini hurmat qilgan odam, boshqalardan hurmat talab qilgan odam – eng avvalo kitob oʻqiydi!

Hazrati Jomiy aytganlaridek:

Jahonda kitobdan yaxshi yor boʻlmas,

Davr gʻamxonasida gʻamgʻusor boʻlmas.

Yolgʻizlik kunjida undan har qachon,

Yuz rohat yetar, lek bir ozor boʻlmas!

Sanobar XOʻJAMURODOVA,

40-sonli maktab direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026