02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:26
Jamiyat 👁 2,597

ENG MUNOSIB YIGITLAR HARBIY XIZMATGA JOʻNATILMOQDA

ENG MUNOSIB YIGITLAR HARBIY XIZMATGA JOʻNATILMOQDA

Erkin va tinch-xotirjam yurtda yashash eng oliy baxtdir.

Mamlakatimiz fuqarolari ana shunday ulugʻ saodatga musharraf boʻlgan tolei kulgan insonlar, desak hech mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Boisi, yurtimizda dini, tili va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, barcha millat vakillari erkin mehnat qilib, tinch-osoyishta, koʻngillarda xotirjamlik va ertagi kunga mustahkam ishonch bilan umrguzaronlik qilmoqdalar. Bunda mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov asos solgan va yil sayin takomillashib, jangovar qobiliyati oshib, malakali kadrlar bilan taʼminlangan va mustahkam moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan milliy Armiyamizning oʻrni beqiyos.

Bugungi kunda yurtimiz oʻgʻlonlari uchun armiya safida xizmat qilish, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash muqaddas va masʼuliyatli vazifaga aylandi. Sobiq ittifoq davrida oʻzbekistonlik yigitlar ittifoq hududining turli burchaklarida, xorijiy davlatlarda harbiy xizmat burchini oʻtagan, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari inobatga olinmagan boʻlsa, bugungi kunda harbiy xizmatga yigitlar qiziqish va salohiyati inobatga olingan holda saralab olinadi.

Shuningdek, askarlarimiz faqat oʻz Vatani tinch-osoyishtaligi yoʻlida xizmat qiladilar, oʻz qobiliyati bilan harbiy qudrati oshishiga hissa qoʻshadilar.

Shu boisdan ham bugungi kunda armiya safida xizmat qilish istagini bildirib, tuman mudofaa ishlari boʻlimiga chaqiruv qogʻozi bilan kelayotgan yigitlar soni kundan-kunga koʻpaymoqda.

2016-yil 21-dekabrda mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi Qaroriga va tuman hokimining 2017-yil 17-yanvardagi 9-sonli qaroriga muvofiq tuman mudofaa ishlari boʻlimidan ham chaqiruv yoshidagi yigitlar harbiy xizmatga joʻnatilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy majburiy muddatli harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqiruv har yili fevral-mart oylarida oʻtkazilishi belgilangan. Shunga muvofiq boʻlajak askarlarni muddatli harbiy xizmatga joʻnatish marosimlari tantanali ravishda oʻtkazilmoqda.

Shunisi diqqatga sazovorki, milliy Armiyamiz saflariga muddatli harbiy xizmatga borish istaginibildirib, murojaat qilayotgan yigitlarning ichidan eng munosiblari saralab olinmoqda.

Armiya safiga joʻnatilayotgan boʻlajak askarlar ham maʼnan, ham jismonan yetuk, intellektual salohiyatli, mamlakatimiz sarhadlari daxlsizligini, xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishga qodir boʻlgan yigitlar ekanligi milliy armiyamizning mudofaa qudrati yana ham oshishiga xizmat qiladi, albatta.

Tuman mudofaa ishlariboʻlimi yigitlarni muddatli harbiy xizmatga tanlov asosida joʻnatish ishlarini namunali olib borish bilan birga muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan yoshlar bandligini taʼminlashga, ularning munosib ish oʻrinlarida mehnat faoliyatini boshlashlariga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.

Ixtiyor NODIROV,

tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026