Ayollar – jamiyat faoli
Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Zulfiya Yoʻldosheva deyarli har kuni ovulning faol ayollari bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat oʻtkazadi.Mahalla hayotiga oid muammolarni hal etishda ularning maslahatlari juda qoʻl kelmoqda.
– Faol ayollarimiz odamlar orasiga kirib borib, ularning orzu-intilishlari bilan yaqindan tanishadilar, muammolarni birgalikda hal etish borasidagi takliflarini oʻrganadilar. Bu esa ovulimiz ayollarining jamiyatga faol aralashuvini taʼminlashga, hududimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Zulfiya Yoʻldosheva.
Suratda: Z.Yoʻldosheva (oʻrtada) ovulning faol ayollari davrasida.
M.Habibullayev olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶