02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:27
Jamiyat 👁 1,860

Aholi muammolari oʻrganilmoqda

Aholi muammolari oʻrganilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2017-yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilishni taklif etar ekan, yilning aynan shunday nomlanishidan koʻzlangan maqsad va vazifalarga toʻxtalib: «...davlat organlarining fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta koʻrib chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor», deya taʼkidlagan edilar.

Xalq bilan muloqotdan koʻzlangan maqsad xalq ichiga kirish, ularning muammolarini tinglash, manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir. Inson manfaatlarini taʼminlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va qator jamoat tashkilotlarining qoʻshma qaroriga asosan xalq bilan muloqot va inson manfaatlarini taʼminlash borasidagi dolzarb masalalarni oʻrganish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Bu masalada tumanimizda ham amaliy ishlar boshlab yuborildi. Oʻrganish ishlarini muvofiqlashtirib borish maqsadida tuman hokimligida 9 kishidan iborat shtab tashkil etildi. Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmasi tashkilotlarining tuman Kengashlari, "Nuroniy” jamgʻarmasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmalari, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi xodimlari oilalar bilan muloqotlar tashkil etgan holda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, turmush darajasi, mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganmoqdalar.

Oʻrnatilgan tartibga muvofiq mazkur ishchi guruhlar tumandagi 47 ta ovul hamda mahallalardagi 28 mingdan ortiq xonadonlarda boʻlib, muammoli masalalarni oʻrganib chiqadilar. Shu kungacha ishchi guruhlar aʼzolari tumanimizdagi aksariyat xonadonlarda boʻlib, aholi bilan muloqot oʻtkazdilar. Aholi tomonidan asosan tabiiy gaz, elektr energiyasi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatishning holati, savdo doʻkonlarini bank terminallari bilan taʼminlash, qishloq joylarda yangi ish oʻrinlarini yaratish bilan bogʻliq qator masalalar koʻtarilmoqda. Muammolarning aksariyati tegishli muassasa va tashkilotlarni jalb qilgan holda tuman miqyosida hal qilinmoqda. Zarur hollarda muammoli masalalarni Respublika va mamlakat miqyosida hal qilish choralari koʻriladi.

Qolaversa, ishchi guruh aʼzolari aholi bilan suhbatda ularning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunda kafolatlangan huquq va burchlarini tushuntirish boʻyicha targʻibot ishlarini ham olib bormoqdalar.

Bu kabi tadbirlar aholining davlatga va ertangi kunga ishonchini yanada oshirmoqda. Sababi, har bir murojaat orqasida inson manfaati, uning taqdiri yotadi. Davlat organlari xalqning dardu tashvishlarini tinglab, muammolarini oʻz vaqtida hal qilsa, yurtimizdagi taraqqiyot, tinchlik va farovonlik yanada bardavom boʻladi.

Ulugʻbek ABDURAHMONOV,

taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi.
(Foto - http://parliament.gov.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026