QUTURIŞ KASALLIGIDAN EHTIYoT BÖLING
Barçamizga maʼlumki, quturiş kasalligi inson hayoti, qolaversa hayvonot dunyosi uçun ham xavfli bölib, uning oqibatida köngilsizliklar yuzaga kelişi tabiiy.
Odamga quturiş virusi kasal hayvon, asosan it tişlaganida yoki quturgan hayvonning sölagi jarohatli teri yuzasiga tuşganida yuqadi. Sölak bilan tuşgan virus jarohat orqali qonga sörilib, asab xujayralariga yetib boradi va kasallikni yuzaga çiqaradi. Quturiş bilan oğrigan bemordan soğlom odamlarga kasallik yuqişiisbotlanmagan.
Xonadonda boqiladigan itlar röyxatga olinişi va profilaktik tarzda quturişga qarşi emlanişi kerak. Odamni tişlagan it veterinar nazoratida 10 kun uşlab turiladi. It quturgan bölsa, 5-6 kun içida öladi.
It tişlagan odamlarga tibbiy yordam hozirgi vaqtda poliklinika qoşidagi travmatologiya punktida körsatiladi. It qopganda hosil bölgan jarohatlar darhol sovunlab yuviladi, atrofiga yodning spirtli eritmasi surtiladi. Jarohat tikilmaydi. Emlaş uçun quturişga qarşi vaktsina qöllaniladi. Emlanayotgan odam içkilik içmasligi, ruhan va jismonan toliqmasligi kerak.
Şifokor nazoratida bölib, vaqtida emlangan inson quturiş bilan kasallanmaydi. Lekin, emlaş juda keçiktirilgan yoki oxirigaça emlanmay qolgan odamlarda, albatta quturiş kuzatilişi mumkin. Şuning uçun it tişlagan zahoti, it veterinarlar, inson esa şifokorlar nazoratida bölişi zarur. Tevarak-atrofimizga nisbatan kuzatuvçanroq bölsak, daydi itlarga befarq qaramay, ularga nisbatan darrov çora körilsa, bu kabi köngilsiz hodisalar kuzatilmaydi. Xonadondagi itlarni öz vaqtida quturişga qarşi emlaşga va veterinariya körigidan ötkazişga har bir uy egasi masʼul bölişi kerak.
Quturiş kasalligining oldini oliş va unga qarşi kuraşiş maqsadida tumanimizdagi uşbu xizmatga taalluqli bölgan tuman IIB, DSENM, Veterinariya bölimi, tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi va köp tarmoqli markaziy şifoxona xodimlari "Quturiş kasalligiga qarşi kuraşiş oyi” deb eʼlon qilingan 2017-yilning fevral oyida bir qança profilaktik işlarni amalga oşirişga erişdilar.
2017-yil uçun 10500 boş uy hayvonini profilaktik emlaş rejalaştirilgan bölib, şu kungaça 840 boş hayvon profilaktik emlandi va emlaş veterinariya mutaxassislari tomonidan hududlarda olib borilmoqda.
Emlaş işlarini uzluksiz olib boriş uçun emlama zahiralari mavjud. Ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari öz hududidagi mavjud it va muşuklar röyxatini şu joyda faoliyat yuritayotgan veterinariya xodimiga taqdim qilişi kerak.
A.YaVBASAROV, tuman DSENM epidemiolog
şifokori.
B.BEKÇANOV, tuman veterinariya bölimi epizootolog veterinariya vraçi.
S.XOLIMBETOV, köp tarmoqli poliklinikaning travmatolog şifokori.
(Foto - http://uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶