02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 06:57
Jamiyat 👁 7,837

HAShAR – AHILLIK VA BIRDAMLIK RAMZI

HAShAR – AHILLIK VA BIRDAMLIK RAMZI

11-12-mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda ham umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Bu yilgi hashar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, farovon kelajak barpo etishga yoʻnaltirilgan islohotlar yangi bosqichga koʻtarilgan bir sharoitda oʻtayotgani har bir yurtdoshimizning yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi farmoyishi asosida mamlakatimizda mart-aprel oylari obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi, deb eʼlon qilindi. Uning doirasida 11-12-mart kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Bugun erta tongdan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda ham butun xalqimiz, yoshu qari hamjihatlikda aholi punktlari, xiyobonlar, koʻchalar, yoʻllar, koʻp qavatli uylar atrofi, hovli-joylarni tozalashga kirishdi.

Tuman hokimligi binosi oldida oʻtkazilgan hasharda tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ham ishtirok etdi va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi.


Hasharda tumanimizdan 100 mingdan koʻproq aholi ishtirok etayotgani yurtdoshlarimizning yurt obodligi, toʻkinlik, farovonlikka oʻz ulushini qoʻshishga intilishidan dalolatdir. Shundan 60 ming nafardan ortigʻini yoshlar tashkil qiladi. Barcha mahallalar, mehnat jamoalari, taʼlim, tibbiyot va boshqa muassasalarda tozalik, obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.



Rejaga koʻra, ikki kunlik hashar davomida jami 217 ga maydonlar obodonlashtiriladi, 94 tonnamaishiy va qurilish chiqindilari 116 ta texnika yordamida chiqarib tashlanadi. 143 kilometr uzunlikdagi ariq va zovurlar tozalanib, 1 ta ziyoratgoh va 45 ta qabristonlar obodonlashtiriladi.

Hashar davomida 50 ming dona manzarali va 31 mingdan ortiq mevali daraxt koʻchatlari, 32 ming dona gul koʻchatlari ekish rejalashtirilmoqda. 148 nafar kam taʼminlangan, yakka yolgʻiz, nogiron, boquvchisini yoʻqotgan kishilar istiqomat qiladigan oilalarning xonadonlari hashar yoʻli bilan taʼmirlanadi. Shuningdek, 158 ta oilaga muruvvat yordamlari koʻrsatiladi.

Hasharchilarning saʼy-harakati bilan qabristonlar, muqaddas qadamjolar, tarixiy yodgorliklar atrofi obodonlashtirilmoqda. Qabristonlarda hashar uyushtirilib, oʻtganlar ruhi yod etilmoqda. Tumanimizning "Uyshin” mahallasi hududida joylashgan "Polvon bobo” qabristonida ham hashar tashkil qilindi. Mahalla ahlining hamjihatlikdagi mehnatlari va xomiylarning moddiy koʻmaklari natijasida qabriston atrofi devor bilan oʻralib, hududi obodonlashtirildi. Hashar mamlakatimizning barcha hududlarida ana shunday uyushqoqlik va hamjihatlik ruhida davom etmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026