02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 08:22
Adabiyot 👁 3,532

“IXTIROChILAR”

“IXTIROChILAR”

Hikoya

(Boʻl(ma)gan voqea)

Moʻʼjazgina Xitoy qishlogʻining turfa feʼlli odamlari koʻp, ularning hangomalarini kitob qilsa, bir javon toʻlar.

Ochilboyni hamqishloqlari «ijodkor ixtirochi» deb ham atashadi. U koʻp yangiliklar yaratgan: baʼzan kulgiga qolsa, baʼzi yangiliklari hayotda asqotib, ish berib turibdi. Mototsikl motoridan foydalanib, tomni suvash uchun loy toʻla chelakni tom boshiga chiqaradigan "motokran” ishlagan ham shu Ochilboyda. Hozir Xitoy, Koreyadan keltirilayotgan yer haydaydigan agregatlarni Ochilboy bundan oʻn besh yil oldin oʻylab topgan. Faqat bir aybi bor, to motorni oʻchirmaguncha, toʻxtamay ishlayvergani uchun falokatga yoʻliqishiga oz qolgan. Ovulda tinmay chiroq(svet) oʻchavergani uchun Murod telemaster bilan ikkalasi mashina akkumulyatoridan 220 volt tok chiqaruvchi apparatni oʻylab, tuzatishgan. Eski televizorlarning ehtiyot qismlaridan katta akkumulyator qutisiga joylashtirib, yasagan asbobi bilan hammani qoyil qoldirishgan. Endi koreyaliklar uning ixcham koʻrinishidagilarini uyib tashlashdi.

Ana shu Ochilboy Murod joʻrasi bilan quyoshlamada erinib oʻtirganida biri-biriga baliqqa borishni taklif qilib koldi.

– Baliqqa boramiz.

– E, qoʻy, uning mashaqqati qancha?

– Hech mashaqqati yoʻq, kallani ishlatsang, boʻldi. Oson yoʻli bor.

– Qanday yoʻli?

– Mana, tok kuchaytirgichimiz bor. Suv boʻyiga borasan, ikki simni tushirasan, akkumulyatorga buni ulaysan, tok urdirib, baliqlarni terib olaverasan, erinmasang boʻldi.

Ochilboyning qatʼiyati azaldan baliqxumor Murodning erinchoqligini yenga boshladi. Lekin baribir eʼtiroz bildirdi:

– Tok kuchaytirgichni kecha akam olib ketgandi, televizorda boks musobaqasi koʻrsatilar ekan, bugun soʻrasak boʻlmaydi-da. – Ochil joʻrasining eriganidan xursand boʻlib ketdi, tizzalari bilan yerga, "Ovchilar” kartinasidagi lofchi ovchiga oʻxshab oʻtirib, ikki qoʻlini baravar silkitib:

– Dvijok bor, dvijok yaxshi emasmi!? – dedi ogʻzini toʻldirib.

– Boʻlaveradi.

– Ketdik. – Ikki oʻrtoq provodalarni keragicha shaylashdi.

– Mototsiklga benzin kerak, litri falon soʻm, - yana oyogʻi tortmaganday, soʻzlandi Murod. – Bundan tashqari, tok urdirib, tutguday baliq bormi hozirlari. Bu "nevidimka” tur degani chavoqligida qirib boʻldi-ku, baliqlarni.

– Bor, – joʻrasi aynib qolishidan qoʻrqib, tezlashdi Ochilboy, – Bor yerini men bilaman. Katta zovurning yoqasidagi chungulni Nurbek chiqmas moʻldaklab, baliqxona qilib qoʻyibdi. Bir odamni yaqinlashtirmaydi. Oʻzi ham tutmaydi, qoʻlidan kelmaydi-da. Ochilboy ovozini pasaytirib, Murodning qulogʻiga yaqinroq kelib davom etdi: – U yerga mototsiklda ham borib boʻlmaydi. Nurbekka bildirmay, eshakda boramiz. Ana, qoʻshnimiz Komilning eshagini soʻraymiz. Mollariga oʻt olib, namozgarda uyiga keladi, biz ikki soatga qolmay, borib kelamiz. "Kakras” Nurbek shu paytda uyida mollarini joylashtirayotgan boʻladi… "Tar-r-r” ettiramiz-u, baliqni olib, joʻnab qolamiz.

Murod Ochilboyga "chekist boʻlib ket-e”, deganday miyigʻida kulib qarab qoʻydi.

Baliq vaʼda qilib, Komilning eshagini olishdi. Ikkovi mingashib, "Tigr”ni oʻrtaga qoʻyib, shoshilinch yoʻlga tushdilar. Ochilboy choʻlpi (chovli) olvoldi. Baliq tok urganda qalqib chiqsa, suvga tushib, peshalab yurasanmi? Choʻlpi bilan ilib, qirgʻoqqa qoqib tashlayverasan! Shokir benzinchining yonida gurung sotib oʻtirgan Sharif alkash ularga qichqirdi:

– Ha, baliqqami? Men ham "omad!” - deb oʻtiraman, bir shoʻrvalik tashlab ketarsizlar!

– He, kallangni, aytmadimmi senga, choʻlpini gijinglataverma, yashiribroq oʻtir, deb – toʻngʻilladi Murod Sharifga ters qarab. – Ana, oldimizni kesdi-da!..

– Qayerga yashirasan, up-uzun dastasi bilan!? Ha, ne... koʻrsa-koʻrar-da, - dedi Ochil qoʻrs ohangda.

– Oldimizni kesdi. Endi baliq boʻladimi?! Baliq deganga hech kimga bildirmay borasan, oʻljani ham birovga koʻrsatmaysan!

– Voy-boʻ-oʻ-y, oʻljangni hech kimga koʻrsatmasang, ovning ne qizigʻi bor!? – dedi Ochil tutajak baliqlarini koʻz oldiga keltirib va xalta qolib ketmadimi, deb egar tagini tekshirib ham qoʻydi.

Daryoliqqa yaqin zaxkashning aylanma joyida toʻxtashdi. Haqiqatan ham zaxkashning bir tarmogʻida suvi bir yonidan kirib, bir yonidan chiqib turgan kattagina hovuz bor ekan. Suvning kirish-chiqish tomonlarida "kaza” (ishqa-qamishdan baliq kiradigan, lekin chiqolmaydigan maxsus toʻsiq) koʻrinib turardi. Hovuz suvining loyqaligidan bu yerda baliq koʻpligi maʼlum. Murodga jon kirib, qoʻllarini ishqalab, tishining suvini tortib, eshak egariga bogʻlangan motorni olmoqchi edi Ochil hovliqdi:

– Tuxta, toʻxta, motorni tushirma, qaytaga mahkam boyla-da, "xodla!” Shart-shurt ishimizni bitiramiz-u, "zim” boʻlamiz. Baliqning hammasini yigʻishtipamiz, deb ham yurmaysan. Bir xalta toʻlsa boʻldi. Nurbek ham bilmay qolsin. Komilning eshagini ham oborib berishim kerak.

Asboblarni shaylab, provodalarni dvijokka ulab, motor chizimini tortishga shaylangan Murodni Ochilboy toʻxtatdi:

– Hey! Yaxshilab bir tekshirib koʻr, yana oʻzimizni tok urib, oʻyinimizdan oʻymoq chiqib turmasin-a!

– Koʻrdim, koʻrdim. Qoch, qirgʻoqdan uzoqroqda choʻlpini tayyorlab tur. Bir yoqaman-u oʻchiraman. Keyin choʻplab olaveramiz. Ah, manavi eshakning yuvoshligini aytmaysanmi!

Ochil motorning chizimini ikki tortdi – yonmadi. Eshak boshini silkib, quloqlarini shalpillatib qoʻydi. Chizimni qayta oʻrab, chap qoʻlini motorga tirab, bor kuchi bilan tortdi: toʻla gazda turgan motor "tar-r!” etib oʻt oldi. Qoʻrqib ketgan eshak orqa oyoqlarida choʻkkalab oldi-yu, oldinga sakradi. Suvga tashlangan sim Murodga tegib ketishiga sal qoldi, qoʻrqib, oʻzini chetga otdi. Motor battar gaz koʻtarib, eshak boʻynini pastga egib, goh oʻngga, goh chapga shataloq otib borar, ikki joʻra uning orqasidan qarab netarini bilmay turardilar.

– Voy-voy, rasvo boʻldik! Agar sim yoʻlda birovga tegib ketsa..., valloh, oʻldiradi! Ana shunda "Jasliq”da yeysan baliqni! – dedi Murod yigʻ-lamsirab. Sen, motorni tushirma, eshakka mahkam bogʻla, degan!

– Men tushirma degan boʻlsam, sen tushirgin edi, endi nega menga gap topasan! Undan koʻra eshakni toʻxtat!

Biri choʻlpini, biri koʻrpachani olib, eshakning orqasidan yugurishdi. Katta yoʻlga chiqaverishda choʻpga ilib qolgan simni topishdi.

– Haliyam chala boylaganimni aytaver , – dedi Ochil oʻzini oqlaganday.

– Hamma ishing chala sening, chala ixtirochi! – dedi Murod ters qarab.

– «Zato», foydali!

Eshak juda uzoqlab ketdi, shekilli, motorning ovozi eshitilmay qoldi.

– Qancha benzin quyganding? – soʻradi halloslab yugurayotib Murod.

– Yarim litr.

– Yarim litr nega kerak?! 200 gramm quyib qoʻyavermaysanmi? Endi bir soatgacha oʻchmaydi motor!

– E..., oʻchmasa, oʻchmas! Qayoqqa qarab ketdi ekan, bu harom oʻlgur eshshak?!

– Eshak har qachon oʻz uyiga qarab ketadi, – aqliga oʻzi qoyil qolib han-siradi Ochil.

Ikki joʻra harsillashib ovulga kirganda, shom qorongʻusi quyuqlashib qolgan edi. Sharif alkash hamon oʻsha supachada mylgib (yarim uyquda) oʻtirgan ekan. "Miqqiyning (kalxat demoqchi) nasibasi bir chumchuq, deganday bunga topiladi aroq”, deb koʻnglidan oʻtkazdi Murod. Sharif bularni tanidi:

– Ha, qaytdinglarmi? – soʻradi yengil chayqalib.   

– Shu yerdan eshak oʻtmadimi? – baravar soʻrashdi ovchilar hansirab, manglaylarini yengi bilan artib.

– Eshakni-ku koʻrmadim-da, svetsiz bir mototsikl oʻtdi, tarillab. Yoʻl qolib anov solmadan oʻtib, kunchiqarga qarab ketdi! Yoʻl-poʻlga qaramay, solmadan tik oʻtib, otizning ichi bilan Komilning uyi tomon ketdi, ruldagi odam rosa ichib olgan deyman-ov! - dedi Sharif qoʻlini siltab.

"Chiroqsiz mototsikl”ning nima ekanligini yaxshi bilgan ikki joʻra ham indamay Komilning uyiga qarab loʻkillayverishdi...

Tursunboy ABDULLAYeV,

Xitoy qishlogʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026