02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 08:49
Jamiyat 👁 2,625

URUSh FAXRIYSI IMTIYoZLI SERTIFIKAT ASOSIDA AVTOMOBIL SOTIB OLDI

Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda yoshi ulugʻ insonlarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom va gʻamxoʻrlik koʻrsatishdek xalqimizga xos olijanob fazilatlar yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Prezidentimizning shu yil 4-apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillarni bir martalik navbatsiz sotib olish va ularga bepul texnik xizmat koʻrsatish uchun imtiyozli sertifikatlar topshirilgan edi.

Yaqinda tumanimizning Qipchoq ovulida yashovchi Oʻtamurod bobo Bozorboyev xonadonida quvonchli voqea sodir boʻldi. Otaxon farzandlari va nevaralari bilan maslahatlashib, davlatimiz tomonidan berilgan sertifikatdan foydalangan holda oʻzimizda ishlab chiqarilgan "Damas” avtomashinasini olishga qaror qildi. Maxsus hisob raqamiga belgilangan pullarni toʻlagach, bir necha kun ichida, navbat kutmasdan ushbu mashinani olishga muvaffaq boʻldi.

Shu kunlarda otaxonning xonadoni har qachongidan ham gavjum. Farzandu nabiralar, qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshni bilan birga hokimlik, jamoat tashkilotlari vakillari kelib, Oʻtamurod boboni bayram bilan, yangi mashina xarid qilgani bilan tabriklamoqda.

Tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev tuman prokurori, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va jamoat tashkilotlari vakillari bilan urush qatnashchisi Oʻtamurod boboning xonadonida boʻlib, otaxonni yangi avtomashina olgani bilan samimiy tabrikladi.

Bundan koʻngli togʻdek koʻtarilgan Oʻtamurod bobo tinch-osoyishta, farovon hayotimiz barqaror boʻlishini soʻrab, duo qildi. Koʻpni koʻrgan, boy hayotiy tajribaga ega insonlarning oʻgitlari yoshlar uchun ibrat. Ikkinchi jahon urushining dahshatli janggohlaridan omon chiqib, yurtga gʻalaba bilan qaytgan otaxon uyiga yoʻqlab kelganlarga yoshligidagi suratlarini koʻrsatishni xush koʻradi. Quroldosh doʻstlari haqida eslaydi, xalqimizning bagʻrikeng va samimiyligi xususida toʻlqinlanib gapiradi. Yoshlarga Prezidentimiz rahnamoligida erishilayotgan yutuq va marralar qadriga yetishni uqtiradi.

– Yurtimiz tinch-osoyishta boʻlsin. Yoshu keksasini birday qadrlaydigan, fuqarolari salomatligi, farzandlari kamoloti yoʻlida barcha sharoitlarni yaratib berayotgan davlatimiz rahbarining umrlari uzoq boʻlsin, – deydi otaxon qoʻlini duoga ochib.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda Vatanimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatilayotgani mamlakatimizda inson shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat darajasiga koʻtarilganining dalolatidir.

Mamlakatimizda keksalarga koʻrsatilayotgan ulkan eʼtibor va gʻamxoʻrlik esa yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026