URUSh FAXRIYSI NAVBATSIZ AVTOMAShINA XARID QILDI
Prezidentimizning shu yil 4-apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida»gi Farmoni hamda «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga muvofiq Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga ham mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillarni bir martalik navbatsiz sotib olish va ularga bepul texnik xizmat koʻrsatish uchun sertifikatlar topshirilgan edi.
Yaqinda Mangʻit shahrining A.Navoiy nomli mahallasida yashovchi Yoʻldosh bobo Tojimurodov xonadonida quvonchli voqea sodir boʻldi. Otaxon farzandlari va nevaralari bilan maslahatlashib, davlatimiz tomonidan berilgan sertifikatdan foydalangan holda oʻzimizda ishlab chiqarilgan «Damas» avtomashinasini olishga qaror qildi. Maxsus hisob raqamiga belgilangan pullarni toʻlagach, bir necha kun ichida, navbat kutmasdan ushbu mashinani olishga muvaffaq boʻldi.
Tuman hokimligi, tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari urush qatnashchisi Yoʻldosh boboning xonadonida boʻlishib, otaxonni yangi avtomashina olgani bilan samimiy tabrikladilar. Bundan koʻngli togʻdek koʻtarilgan Yoʻldosh bobo tinch-osoyishta, farovon hayotimiz barqaror boʻlishini tilab, duo qildi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda Vatanimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatilayotgani mamlakatimizda inson shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat darajasiga koʻtarilganining yaqqol isbotidir.
Suratda: Ikkinchi jahon urushi
faxriysi Yoʻldosh boboTojimurodov.
M.HABIBULLAYeV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶