02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 09:43
Jamiyat 👁 2,368

“Ota-onalar universiteti” aʼzolari uchun oʻquv seminari

“Ota-onalar universiteti” aʼzolari uchun oʻquv seminari

24-aprel kuni "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan Fuqarolar yigʻini huzuridagi "Ota-onalar universiteti” rahbarlari, aʼzolari, mahalla faollari uchun  ushbu tuzilmaning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida oʻquv seminari oʻtkazildi.

Mamlakatimizda  oilalar farovonligini taʼminlash, oila muammolarini oʻrganish, uning maʼnaviy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, onalik va bolalikni himoya qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda,mazkur muhim masalaga jamoatchilikning eʼtibori va imkoniyatini safarbar etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, mustahkam va baxtli oila qurishga yigit-qizlarni yoshlikdan tayyorlash, oila muhitida hamda taʼlimning barcha bosqichlarida bu ishlarni izchil amalga oshirish mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan siyosatning naqadar istiqbolga qaratilganligini koʻrsatadi.

Shuningdek, mustahkam oilani shakllantirish, oilalarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda ota-onalar orasida ham tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish, ota-onalarning oilani aql bilan boshqarish hamda farzand tarbiyasi borasida muntazam bilimlarini oshirib borish dolzarb masala hisoblanadi.

Fuqarolar yigʻini huzuridagi "Ota-onalar universiteti” mahalla hududidagi oilalarning yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, psixologik-pedagogik va fiziologik bilimlarini oshirishga koʻmaklashuvchi jamoatchilik tuzilmasi hisoblanadi.  Joriy yilning oʻtgan davrida mazkur tuzilma tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan,  ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha 38-marta,  maʼnaviy-axloqiy bilimlarini oshirish boʻyicha 31 marta,  psixologik-pedagogik va fiziologik bilimlarini oshirish boʻyicha 24-marta mashgʻulotlar olib borildi.

Oʻquv seminari oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasi ilmini egallashda ota-onalarda farzand tarbiyasiga masʼullik va javobgarlik hissini kuchaytirish, yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirish, tuzilma rahbari va aʼzolari masʼuliyatini kuchaytirish, bu borada ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil qilindi.

Mazkur seminarda «Ota-onalar universiteti» rahbarlari va mahalla maslahatchilari, "Qaynonalar kengashi” rahbarlari ishtirok etdilar. Unda jamoatchilik tuzilmasining mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashdagi ahamiyati, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanishda ijtimoiy hamkorlik masalalari, ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimdonligi – oilada maʼnaviy muhit barqarorligi taʼminlash va oilalarni mustahkamlashning muhim omili ekanligi kabi mavzular boʻyicha keng tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, dunyoning ayrim mintaqalarida turli qarama-qarshiliklar va mojarolarning kuchayib borayotganligi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan turli yot va buzgʻunchi gʻoyalarning maqsadi, jamiyatimiz hayotiga turli yoʻllar bilan singdirishga qaratilgan urinishlarning mazmun-mohiyati hamda mahallalarda aholiga, birinchi navbatda, yoshlarning maʼnaviy olamini yuksaltirish, ularni ona Vatanga yuksak muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish borasida universitet aʼzolari oldida turgan dolzarb vazifalarga atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

(Foto - terdu.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026