Biz – buyuk yurt farzandlarimiz
Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bagʻishlab Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida shunday shior ostida yoshlar festivali tashkil
etildi.
"Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tomonidan oʻtkazilgan
festivalda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar, siyosatchilar, sanʼat
namoyandalari, yoshlar ishtirok etdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi oʻrinbosari O.Hamroyev
va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk
avlodni kamolga yetkazishga qaratilayotgan alohida eʼtibor yuksak samaralar
berayotganini taʼkidladi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy
islohotlar jarayonida yoshlar faolligini oshirish, kelajak avlodni turli yot
gʻoyalar, "ommaviy madaniyat” va boshqa illatlar taʼsiridan asrash,
vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash,
ularda daxldorlik tuygʻusini yuksaltirish maqsadida oʻtkazilgan festivalda
tumandagi umumtalim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
oʻquvchilari ishtirok etdi.
– Qariyb 16 ming yoshlar qatnashgan festival doirasida taniqli ijodkorlar,
mashhur sportchilar, madaniyat namoyandalari, senator va deputatlar bilan
uchrashuvlar, davra suhbatlari taassurotlarga boy boʻldi, – deydi Toʻrtkoʻl
tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Azimboy Safarov. – "Hech kim
mehr va eʼtibordan chetda qolmasin!”, "Nuroniylar eʼzozimizda” loyihalari
doirasida imkoniyati cheklangan yoshlarga, nuroniylarga ijtimoiy koʻmak
berildi.
Tuman markazidagi stadionda festivalning adabiy, musiqiy-xoreografik teatrlashtirilgan bayram tomoshalari boʻlib oʻtdi.
Bunday tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining boshqa tumanlarida ham oʻtkazilmoqda.(OʻzA)


































▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶