Xalqaro oila kuni keng nishonlandi
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz "Har qaysi millatning oʻziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning oʻrni va taʼsiri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuygʻulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bagʻrida shakllanadi”, deb taʼkidlagan edilar.
Ha, oila hayot abadiyligini saqlaydigan, muqaddas urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz va qadriyatlarimizni avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelayotgan, shu asosda farzandlarning maʼnaviyatini yuksak qilib tarbiyalaydigan dorilfunundir.
Shu boisdan mamlakatimizda oilalar mustahkamligini taʼminlash, unda oʻzaro mehr-oqibat, hamjihatlik va doʻstona munosabatlar hukmron boʻlishiga erishish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Shu yilning 15 may kuni tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, "Nuroniy” jamgʻarmasi, tuman Madaniyat va aholi dam olish markazi hamkorligida Mangʻit istirohat bogʻida 15-may – Xalqaro oila kuniga bagʻishlanib, "Oilangiz mustahkam boʻlsin!” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirning asosiy gʻoyasi oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, oʻzaro mehr-oqibatning hukmron boʻlishiga erishishdir.
Tadbirga taklif etilgan ibratli oilalar vakillari, mehmonlar avvalo "Barkamol avlod” bolalar markazi oʻquvchilarining ijodiy ishlaridan namunalar, milliy hunarmandlar, duradgorlar, tikuvchilar mehnati mahsuli namoyish etilgan koʻrgazma bilan tanishdilar.
Soʻngra karnay-surnay sadolari ostida ishtirokchilar Mangʻit istirohat bogʻining amfiteatriga taklif etildi. Turli millat vakillaridan iborat namunali oilalar aʼzolarining yurtimizda oilalar farovon va baxtiyor yashashi uchun yaratilgan sharoitlar, tinchlik-osoyishtaligimizga shukronalik bilan aytilgan dil izhorlari tuman madaniyat xodimlarining maroqli kontsert dasturiga ulanib ketdi.
Tadbir har birimiz bagʻrida osoyishta yashab, orzu-umidlarimiz roʻyobga chiqadigan qutlugʻ maskan – oila muqaddasligini ifoda etganligi bilan ahamiyatli boʻldi.
Muqaddas Beknazarova, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisining diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶