JOʻRABEKNING GʻALABASI
Mamlakatimiz umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan sport musobaqalari koʻplab iqtidorli yoshlarni kashf qilishga asos boʻlayotir. Qolaversa, bu omil jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari mehnati natijasini koʻrsatuvchi mezon hamdir.
11-sonli umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Joʻrabek Eshimov ham ustozi Ildar Erimmetov bilan qunt ila mashgʻulotlar olib borganligi bois yaqinda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu xushxabar Joʻrabekning oila aʼzolarini, barcha ustozlarini va doʻstlarini cheksiz quvonchga beladi.
Olis qishloq maktabi oʻquvchisining bu gʻalabasi mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasi yoʻlidagi gʻamxoʻrliklarning mahsulidir.
(Oʻz muxbirimizdan).
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶