YoSh ShAXMATChILAR GʻALABASI
Sport insonni nafaqat sogʻlomlashtiradi, balki unga hayotiy faollik, quvnoq kayfiyat baxsh etadi. Shu bois, Prezidentimiz tomonidan bolalar sportini rivojlantirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sportda erishayotgan yutuqlarini ragʻbatlantirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻz iqtidorlarini namoyon etayotgan yoshlar safi tobora oshib bormoqda.
Tumanimizda ham sportning oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallab kelayotgan yoshlar talaygina.

Joriy yilning 30-noyabr – 15-dekabr kunlari Nukus shahrida boʻlib oʻtgan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat sporti boʻyicha musobaqalarda tuman BOʻSM oʻquvchilari ham yuqori natijalarni qoʻlga kiritdilar. Xususan, 2011-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslarda Shohjahon Matsafoyev, 2009-yilda tugʻilgan oʻsmir qizlar orasidagi bahslarda Rayhona Shomurodova hamda 2006-yilda tugʻilgan oʻsmir qizlar oʻrtasida Durdona Rahimovlar faxrli 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempioni boʻldilar.
Shuningdek, mazkur musobaqalarda oʻz yosh toifalariga koʻra, Ziyoda Saʼdullayeva 2-oʻrinni , Botirjon Rustamov, Ulugʻbek Rustamov hamda Sevinchoy Safarboyevalar 3-oʻrinni egallashdi.
Shunisi eʼtiborga loyiqki, mazkur sport musobaqalarida birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan BOʻSMning yosh shaxmatchilari 2021-yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharafini himoya qilishadi.
Ayni kunlarda gʻolib shaxmatchilar tuman BOʻSMning shaxmat sektsiyasida murabbiylari rahbarligida qizgʻin tayyorgarlik bosqichini oʻtashmoqda. Biz tumanimizning iqtidorli, yosh shaxmatchilariga kelgusi musobaqalarda katta yutuqlar tilaymiz.
Robiya YOʻLDOShEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶