01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 23:14
Jamiyat 👁 2,069

AGRAR SOHA RIVOJI – TOʻKINLIK OMILI

AGRAR SOHA RIVOJI – TOʻKINLIK OMILI

Mamlakatimiz dehqonlari mustaqillik tufayli yerning haqiqiy egalariga aylandi. Dehqon yerga mehr qoʻyib, uni toʻyintirdi, yer esa dehqondan saxovatini ayamadi.

Agrar sohani isloh qilish, modernizatsiyalash, qishloq xoʻjaligiga yangi, zamonaviy tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha olib borilgan tizimli ishlar, fermerlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, qishloq joylarida mulkdorlar sinfini shakllantirish  borasidagi siyosat natijasida biz uchun mutlaqo yangi boʻlgan, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati rivojlandi, don ekiladigan, poliz va sabzavot ekinlari ekiladigan maydonlar kengaytirildi.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fermer xoʻjaliklarini tashkillashtirishga eʼtibor qaratgani tufayli boshqa sohalar qatorida qishloq xoʻjaligi sohasida ham bir qancha ijobiy yutuqlarga erishildi. Fermerlik harakati yildan-yilga rivojlanayapti. Fermerlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga qoʻshayotgan ulushlari tobora ortib borayotganligini paxtachilik, gʻallachilik va boshqa sohalarda erishilayotgan yutuqlar misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin.

Yerlarning uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining  joriy qilinishi fermer xoʻjaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim omili hamda asosi boʻldi. Fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi ulushi 99,5 foizni tashkil qiladi.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning saʼy-harakatlari bilan fermerlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Shu kunga qadar fermerlarning haq-huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama rivojlantirish maqsadida Prezilentimiz va hukumatimizning oʻttizdan ortiq Farmon va qarorlari, oʻnga yaqin qonun va 4 ta Kodeksning qabul qilingani ushbu fikrimizni yaqqol isbotlaydi.

Mustaqillik yillari davomida qishloq xoʻjaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida jamoa xoʻjaliklari tugatilib, ularning oʻrnida fermer xoʻjaliklari tashkil etildi. Ayni kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5430 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda. Shundan 3682 fermer xoʻjaligi paxta-gʻallachilik, 321 tasi sabzavot va polizchilik, 377 tasi chorvachilik, 514 tasi bogʻ va uzumchilik, 326 tasi gʻalla va sabzavotchilik, 210 tasi boshqa yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatishadi.

Bu fermer xoʻjaliklariga jami 288 ming 898 gektar yer maydoni ajratilgan boʻlib, ularda ishlovchi kishilar soni 12490 nafarni tashkil etadi.

Joriy 2016-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish  boʻyicha manzilli Dastur qabul qilindi. Ushbu dasturga asosan Respublika boʻyicha jami 748 ta fermer xoʻjaliklarini koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirish nazarda  tutilgan edi. Joriy yilning  iyul oyiga qadar 433 ta koʻp sohali fermer xoʻjaliklari tashkil etilib, ulardan 429 tasiga imtiyozli kreditlar ajratildi.

Mamlakatimizda ichki bozorlarimizni sabzavot, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan yil mobaynida doimiy taʼminlash, shuningdek, chet el bozorlarini oʻtimli va raqobatga chidamli boʻlgan  toza meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishning koʻlamini kengaytirish va turlarini koʻpaytirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi "Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini sotib olish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori eng muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qarori asosida 2016-yil hosilidan boshlab toza meva va qayta ishlangan meva-sabzovot mahsulotlarining "Oʻzagroeksport” ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan tashqi sheriklar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri eksport shartnomalari, shuningdek, fermer va dehqon xoʻjaliklari, agrofirmalar va qayta ishlash korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha eksport etilishi keng yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi aholi oziq-ovqat xavfsizligini toʻliq taʼminlash bilan bir qatorda noyob va betakror boʻlgan mahsulotlarimizning eksport hajmini bir necha barobar oshirish, mamlakatimizni dunyo oziq-ovqat bozoridagi yetakchi davlatlar qatoridan mustahkam oʻrin egallashiga imkon beradi.

 

Allambergan JUMANIYoZOV,

www.amunews.uz muxbiri.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026