02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 02:07
Jamiyat 👁 2,519

QORAQALPOQ BULBULI – BERDAQ

QORAQALPOQ BULBULI – BERDAQ

Har yili mamlakatimizda  27-noyabr kuni qoraqalpoq elining buyuk shoiri Berdimurot Qargʻaboy oʻgʻli Berdaqning tavallud ayyomi keng nishonlanadi. Xususan, Qoraqalpogʻistonning shahar va tumanlarida, maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarida berdaqxonlik tadbirlari oʻtkaziladi. Uning sheʼr va dostonlaridan namunalar oʻqiladi. Berdaq siymosi haqiqiy maʼnod nainki qoraqalpoq, balki butun turkiy xalqlarning gʻurur va iftixori timsoliga aylangan.

Tarixiy maʼlumotlarga koʻra Berdaq 1827-yilda Orolboʻyidagi Boʻzatov tumani hududida tavallud topgan. Bolaligidan maʼrifatga, adabiyotga mehr qoʻydi. Qoraqalpoq xalining maqol va matallari, lapar va dostonlarini qiziqish bilan oʻrgandi. Avval ovul maktabida, keyin oʻsha davrning yirik taʼlim maskanlaridan hisoblangan Qoraqum eshon madrasasida  saboq oldi. Diniy va dunyoviy fanlar bilan birga Alisher Navoiy, Abdurahmon Fuzuliy, Abdulqodir Bedil, Fariduddin Attor, Maxtumquli, Soʻfi Olloyor singari  Sharq mutafakkirlari hayoti va ijodini astoydil oʻrgandi. Berdaqning sheʼrlaridan birida   shunday misralar bor:

"Chorkitob”dan tura qochdim,

Navoiydan savod ochdim,

Fuzuliydan durlar sochdim,

Dilyorlarni izlar edim,

Berdaq oʻz sheʼrlarida xalqining boshiga tushgan musibatlarni ochiq-oshkora, sidqidildan kuylay olgan. U oʻzining "Aqimbet”, "Shajara”, "Oydoʻs bobo”, "Amangeldi”, "Yernazar biy”, "Xorazm” singari  dostonlarida qoraqalpoq xalqining  oʻn toʻqqizinchi asrdagi  hayoti, turmush tarzini koʻrsatib bera oldi. Uning asarlari oʻsha davrda Orolboʻyidagi mavjud siyosiy vaziyatni, madaniy muhitni  oʻrganishda ham muhim oʻrin tutadi. Berdaqning "Musa baxshiga” nomli sheʼrida yigirmadan ortiq xalq baxshi va oqinlarining nomi tilga olinadi. Mutaxassislarning fikricha, Berdaqning oʻzi ham baxshi boʻlgan, dutor chalib, qoʻshiq va laparlar, doston ijro etgan.

Berdaq ijodidainsoniylik, vatanparvarlik, olijanoblik singari fazilatlar alohida oʻrin tutadi. U butun umri davomida oʻz yurtdoshlarini ilm-maʼrifatga, birdamlikka, hamjihatlikka daʼvat etdi. Mardlik,jasorat, matonatni targʻib qildi.

Berdaq ijodini oʻrganish, qoʻlyozmalarini izlab topish ishlari oʻtgan asrning 30-yillaridan keyin boshlangan. Shundan soʻng uning sheʼr va dostonlari avval ona tilida keyin boshqa bir qator tillarda bosilib chiqdi. Uning hayoti va ijodini chuqur oʻrganishga kirishildi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Berdaq hayoti va ijodiga munosabat tubdan oʻzgardi. 1998-yilda Yurtboshimiz Farmoniga binoan Berdimurot Qargʻabay oʻgʻli Berdaq tavalludining  180 yilligi keng nishonlandi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti qoshida Berdaq Milliy muzeyi tashkil etildi.

Ushbu muzey bugungi kunda Qoroqalpogʻistondagi ziyo maskanlaridan biri sanaladi. Ayni paytda bu yerda Orolboʻyi xalqlari tarixi va adabiyotiga oid 3000 dan ortiq eksponat saqlanadi. Ular orasida Berdaqning nigohi tushgan bir qator nodir kitoblar, qimmatli qoʻlyozmalar, tarixiy liboslar, cholgʻu asboblari alohida oʻrin tutadi.

2014-yilda muzey xazinasi yana bir nodir eksponat bilan boyidi. Berdaqning bugungi avlodlaridan boʻlgan Amangul Allanova buyuk shoirga tegishli boʻlgan choponni muzeyga keltirib berdi. Maʼlumotlarga qaraganda Berdaq 57 yoshdaligida tugʻilgan nabirasi Qorajonning beshigi ustiga egnidagi choponni yopib ketgan ekan.

Bu chopon avloddan-avlodga oʻtib, bugungi kunga qadar yetib kelgan. Libos yaxshi saqlangan.

Berdaq XIX asrda, Turkiston oʻlkasidagi feodal xonliklarda,ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot nihoyatda ogʻir, murakkab sharoitlarga tushib qolgan va Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olgan davrda yashadi va ijod etdi. Shoir 73-yil umr koʻrdi, uning qariyb yarim asrdan moʻlrogʻini badiiy ijoddek mashaqqatli, masʼuliyatli, lekin sharafli ishga bagʻishladi. Avlodlarga 20 ming misradan ziyod sheʼr, xalq hayoti va kurashining turli davrlarini badiiy shaklda koʻrsatib berishga bagʻishlangan oʻnga yaqin yirik epik dostonlarni meros etib qoldirdi.

Berdaqning tarjimai holidan maʼlumki, u kambagʻal baliqchi oilasida tugʻilib, oʻsgan. Taxminan 10 yoshlarida ham ota, ham onadan yetim qolgan boʻlgʻusi shoir talay yillar boylar eshigida kun kechiradi. Berdaq yashab, ijod ettan sharoitda oʻzbek, qoraqalpoq, turkman va boshqa qardosh xalqlar orasida xalq kitoblari keng tarqalgan edi. Qoraqalpoq    xalqi orasidan chiqqan ayrim savodli kishilar, yaʼni «qissaxon»lar har xil toʻy va maʼrakalarda «Tohir - Zuhra», «Bahrom   -   Gulandom»,   «Qissasul   anbiyo»   kabi   dunyoviy,   ishqiy-romantik    yoki    mifologik,   mifologik-afsonaviy mavzulardagi asarlarni  oʻqib   berar   edilar.   Berdaq  oʻz davrining   savodli,   ilgʻor kishisi   boʻlganligi   sababli   uning   bu   xildagi   asarlardan   ham xabardor ekanligi  «Ayraliq-ayraliq»  radifli sheʼrida oʻz ifodasini topgan.  Ayriliqning jabri yomon, Boshda har kun oxir zamon, Bahrom- Gulandom shudoston, Yomon ayraliq-ayraliq, «Ayraliq» sheʼri yana shu jihatdan muhimki, bu asar Berdaq va oʻzbek folkl ori oʻzaro munosabatlarini ancha oydinlashtirishga asos boʻla oladi.

Bir soʻz bilan aytganda, Berdaq ijodiy merosi nafaqat oʻzbek va qoraqalpoq, balki barcha turkiy xalqlarning ham buyuk maʼnaviy boyligidir.

(Foto - ijod.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026