02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 03:27
Jamiyat 👁 6,416

Orol muammosi – global muammo

Orol muammosi – global muammo

1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada boʻlib, 53,4 metrni, suvining hajmi 1064 kub kilometrni va minerallashuv darajasi 1 litr suvda 10-11 grammni tashkil etar edi...

Dengiz transport, baliq xoʻjaligi, iqlim sharoiti jihatidan katta ahamiyatga ega boʻlgan. Unga Sirdaryo va Amudaryodan har yili deyarli 56 kub kilometr suv kelib kuyilar edi. Oxirgi 30-yil ichida dengiz sathi 20 metrga pasaydi va suv hajmi 1062 ming km kub dan 268 ming km kub ga tushib koldi. 1960-yildan to 1996-yilga qadar Orol dengizi 748 km kub suv yoʻqotdi.

Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston davlatlari boshliqlarining 1993-yil mart oyidagi Qiziloʻrdada boʻlib oʻtgan uchrashuvida «Orol dengizi tangligini hal etish yuzasidan birgalikda harakat qilish toʻgʻrisida»gi bitim imzolandi.

Mutaxassislar bergan maʼlumotlarga qaraganda Orol atrofidan har yili atmosferaga 15-75 million tonna chang va tuz koʻtariladi.

Prezident Islom Karimov SSM Bosh Assambleyasining 43-sessiyasidagi oʻzining chiqishida (28-oktyabr 1993-yil) barcha jahon mamlakatlari namoyandalari eʼtiborini Orol fojiasiga jalb qildi.

2000-yil 12 sentyabrda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida soʻzlagan nutkqida yana bir marta Orol muammosini butun dunyo fojiasi deb BMT qoshida maxsus Orolga bagʻishlangan qoʻmita tuzishni taklif kildilar.

Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Qozogʻiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mintaqaviy muammolarni birgalikda xal etishga bel bogʻladi. Orol boʻyidagi ekologik boʻron davlatlarimizni bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga undadi. Natijada Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma 40 millionga yaqin nufuzlik mintaqada yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholini zarur dori-darmon, tibbiy xizmat va ichimlik suv bilan taʼminlash borasida faollik koʻrsatib kelmoqda. Bundan tashqari mintaqa mamlakatlarining izchil saʼy-harakatlari Orol muammosi yechimiga yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar, koʻplab xorijiy davlatlarni jalb qildi.

1994-yilga kelib Orol dengizidagi suvning sathi 32,5 metrga, suv hajmi 400 kub kilometrdan kamroqqa, suv yuzasining maydoni esa 32,5 ming kvadrat kilometrga tushib qoldi, suvning minerallashuvi ikki barobar ortdi. Hozirgi vaqtda 1 litr suvda 40-50 gr tuz bor.

"Mutaxassislarning maʼlumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 million tonnaga yaqin zararli moddalar qoʻshilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga toʻgʻri keladi. 15 foizini uglevodorod chiqindilari, 14 foizi oltingugurt kuli oksidi, 9 foizini azot oksidi, 8 foizini qattiq moddalar tashkil etadi va 4 foizga yaqini oʻziga xos oʻtkir zaharli moddalarga toʻgʻri keladi”.

Bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri – Orol dengizining qurib borishi va buning oqibatida ekologik tizimning izdan chiqishidir. Jumladan, tuproqning shoʻrlanishi va sahrolanish jarayoni, suv resurslarining ifloslanayotganligi, toza ichimlik suvi taqchilligining oshib borishi hech bir kishini befarq qoldirmaydi. Ayniqsa, atmosfera havosi qumli va tuzli boʻronlar oqibatida ifloslanib, natijada biologik xilma-xillik keskin kamayib bormoqda. Eng ayanchlisi, Orol dengizining qurishi barobarida tabiiy iqlim oʻzgarib, mintaqada jiddiy ijtimoiy-ekologik vaziyat yuzaga kelmoqda. Tabiiyki, bu jarayon aholi salomatligiga, xususan, ayollar va bolalar sogʻligiga taʼsir qilib, aholi orasida atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan turli kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Mintaqada genofond¬ning salbiy oʻzgarish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu bilan bogʻliq ekologik vaziyatni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xalqaro tashkilotlar koʻmagida bir qator maqsadli loyiha va dasturlar hayotga tatbiq etilmoqda. Misol tariqasida "EKOSAN" salomatlik poyezdlari, EKOSAN-YuNISEFning "ASPERA", "Orolboʻyi mintaqasining onalari va bolalariga ekologik va mintaqaviy yordam", "Orol muammolari xalqaro hamkorlikka daʼvat", "Orolboʻyi mintaqasida turizm va ekoturizm", shuningdek, suv taʼminoti va sanitariya holatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan qator loyihalarni koʻrsatish mumkin. Binobarin, ushbu muammolar nafaqat mintaqa doirasida, balki butun jahon hamjamiyati nigohida, xalqaro tashkilotlar hamkorligida oʻrganilishi-yu, bartaraf etilishini taqozo etmoqda. Xalqaro anjuman ochilishida soʻzga chiqqan Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Bolat Nurgaliyev, Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va Gʻarbiy Osiyoda qishloq xoʻjaligi va tabiiy resurslar boʻyicha departamenti direktori Katsuji Matsunami, Jahon bankining Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy idorasi direktori Annet Dikson, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev, Jahon Sogʻlikni Saqlash Tashkilotining "Salomatlik" dasturlari boʻyicha mintaqaviy direktori Nedret Emiroʻgʻli, YuNISEFning sogʻliqni saqlash va ovqatlanish masalalari boʻyicha mintaqaviy maslahatchisi Sanjiv Kumar, YuNFPAning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Alen Mushiru, YuNIDOning Yevropa va MDH davlatlari boʻyicha mintaqaviy byurosi direktori Gjegosh Donochik, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi mintaqaviy idorasi boshqaruvchi direktori oʻrinbosari Matsuyoshi Kavasaki, GEJ/BMTRD ijrochi muvofiqlashtiruvchisi Yanik Glemariklar ham jiddiy muammo holatini yaxshilash borasida mavjud imkoniyat va saʼy-harakatlarni kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni jadal surʼatlarda rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratishdi. Orol dengizining tanib boʻlmas darajada qum-sahrolar bilan qoplanishi va bu yerdagi ekologik inqirozning yuzaga kelishida asosan avvalgi davrlarda amalga oshirilgan xoʻjalik faoliyati, iqlim oʻzgarishi, irrigatsiya tizimlarini qurish va suvdan maishiy, sanoat sohasida foydalanish ehtiyojining ortishi va yana boshqa tabiiy jarayonlar sabab boʻlgan, deyish mumkin. Oqibatda Orol dengiz sathi oxirgi 50-yil davomida 4 barobardan koʻproqqa qisqardi, suv 24 metrga pasaydi, uning hajmi 10-martaga kamaydi. Bu kabi salbiy koʻrsatkichlar bugun hech birimizni xavotirga solmay qoʻymaydi.

Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash va jiddiy xavf-xatarning oldini olish borasida koʻpgina qonun hujjatlari joriy etilgan boʻlib, ularning aksariyati Orol dengizi mintaqasidagi hududlarning ekologik ahvolini yaxshilash, yer yemirilishining oldini olish va qishloq xoʻjaligi salohiyatini oshirish, aholini sogʻlomlashtirish, suv bilan taʼminlash singari ustuvor vazifalarga qaratilgan.

(Foto - uzssgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026