02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 04:39
Jamiyat 👁 4,975

Ellikqalʼa tumani: boy tarix va nurli istiqbol

Ellikqalʼa tumani: boy tarix va nurli istiqbol

2012-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida boʻlib oʻtgan "Oʻzbekiston madaniyat va sanʼati Formui” va YuNESKOning yurtimizdagi vakolatxonasining eng yirik loyihalaridan biri – "Asrlar sadosi” anʼanaviy madaniyat Festivali davomida ushbu zamindagi qalʼalarning juda qadimiyligi, oʻziga xos arxitekturaga ega ekanligi butun dunyodan kelgan madaniyat va sanʼat ixlosmandlarini oʻziga jalb etdi. Shuningdek, festivalda namoyish etilgan shu zamin xalqlarining milliy urf-odatlari, oʻziga xos liboslari, xalq ogʻzaki ijodi va milliy oʻyinlari ijrosi barcha  ishtirokchilarda oʻchmas taassurotlar qoldirdi. Qadim ajdodlarimizdan qolgan maʼnaviy nomoddiy merosimizning betakrorligini, bebaholigini dunyoga koʻz-koʻz qildi.

Ellikqaʼla... Xaqiqatan ham bu tumandagi qalʼalar, tarixiy obidalar bilan tanishgan kishi  ularning bunyodkorlari aql-zakosiga, qobiliyatiga tan bermay iloji yoʻq.

Ellikqalʼa tumani 1977-yil 23-martda tashkil topgan boʻlib, tuman hududi shimolda Qizilqum choʻli, Sulton Uvays togʻi tizmalari va Qozogʻiston Respublikasining Qizil Oʻrda viloyati, gʻarbdan Beruniy va Taxtakoʻpir tumanlari, Janubda Xorazm viloyati, sharqdan Toʻrtkoʻl tumani va Navoiy viloyati bilan chegaradosh.
Markazi – Boʻston shahri.
Yer maydoni – 5 ming 419 kvadrat kilometr.
Tuman hududida 13 ta ovul va 7 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari mavjud boʻlib, ularda 22 353 oila istiqomat qiladi. Aholining 88,7 foizi qishloqda, 11,3 foizi shaharda yashaydi. Ikkita engil sanoat korxonasi, 3 ta qoʻshma korxona, 4 ta transport korxonasi, 70 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta akademik litsey, 6 ta kasb-hunar kolleji, markaziy shifoxona va qishloqlarda 40 ga yaqin tibbiyot muassasalari xalqqa xizmat qilyapti.
Tumanda Arxeologiya va tarix, Otajon Xudoyshukurov, Muhammad Yusuf muzeylari faoliyat koʻrsatmoqda. Mustaqillik, Xotira, «Ustozga ehtirom», «Baynalmilal jangchilar xotirasi» maydonlari, «Toza bogʻ» ovulida esa «Baynalmilal jangchi» xotirasi yodgorligi mavjud.
Xalqaro Otajon Xudoyshukurov jamgʻarmasi, «Ayozqalʼa tur» sayyohlik majmui ishlab turibdi.
Ellikqalʼa tumani oʻzining qalʼalari bilan butun dunyoga mashhur boʻlib, bu joyga har yili dunyoning turli davlatlaridan yuzlab sayyohlar tashrif buyuradi. Bu diyordagi qalʼalar oʻzining boy tarixi bilan mashhurdir. Tumandagi qalʼalardan Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Oqchaxonqalʼa, Qizilqalʼa, Qoʻrgʻoshinqalʼa, Yonboshqalʼa, Burgutqalʼa, Qavatqalʼa, Guldursinqalʼa, Bozorqalʼa va boshqa koʻplab qalʼalarni tilga olishimiz mumkin.
Tuproqqalʼa (asl nomi Darjosh) miloddan avvalgi I-asrdan milodiy 305-yilgacha Xorazmshohlar davlatining qadimgi poytaxtlaridan biri boʻlgan. Undan oldin Qoʻyqirilganqalʼa (Hadarkat), Bozorqalʼa (Nuzkat), Oqchaxonqalʼalar bu davlat poytaxtlari boʻlgan.
Tuproqqalʼa 350 X 500 metr oʻlchamdagi (maydoni 17,5 ga) toʻgʻri toʻrtburchakli shahar boʻlib, balandligi 8 metr, ikki qatorli qalin devor bilan oʻrab olingan. Devorlar boʻylab kvadrat shaklidagi burjlar hamda tashqi devorning yuqori qismida qadimiy nayzasimon shinaklari boʻlgan. Qalʼa ikki qismdan – qoʻrgʻon va shoxlar saroyidan iborat. Qoʻrgʻonga janub tomondan darvoza orqali kirilgan va shu yerdan boshlangan eni 10 metrli katta koʻcha orqali shaxristonga, ibodatxonaga, bozorga va Shoxlar saroyiga oʻtilgan. Shahriston 9 kvartalga boʻlingan boʻlib, unda 200 dan koʻproq xonadon joylashgan.
Tuprorqqalʼa 305-yilgacha, yaʼni IV asr boshlarigacha Xorazmshohlar davlatining poytaxti boʻlgan.

Ellikqalʼa  tumani nafaqat tarixiy  obidalari, balki, bugungi kunda ham xalqining  bunyodkorlik mehnati, barcha jabhalarda erishayotgan yutuqlari bilan Qoraqalpogʻiston  Respublikasida oʻz oʻrniga, nufuziga ega hudud hisoblanadi.

Ayni kunda bu yerda faoliyat yuritayotgan ikkita yengil sanoat korxonasi, 3 ta qoʻshma korxona, 4 ta transport korxonasi tuman iqtisodiyotining yuksalishida muhim oʻrin tutadi.

Mavjud umumtaʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida ustoz muallimlar mustaqilligimiz oʻzligimizni, insoniy haq-huquq va burchlarimizni anglash, sogʻlom va har jihatdan barkamol insonlarni kamolga yetkazish borasida ilgari tasavvur ham  qilib boʻlmaydigan imkoniyatlar yaratganidan unumli foydalangan holda yoshlarni intelektual salohiyatli, fidoyi qilib tarbiyalamoqdalar.

Tuman aholisining koʻpchilik qismi agrar soha bilan band. Mavjud  fermer xoʻjaliklarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, koʻptarmoqli xoʻjaliklarga aylantirish hisobiga daromadlarini oshirishga ulkan eʼtibor qaratilayapti. Shuningdek, oilalarning tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, imtiyozli kreditlar hisobiga har bir oilani tadbirkor qilish borasidagi saʼy-harakatlar samarasida tuman xalqining turmushi farovon va tinch-osoyishtadir.

Oygul Rajabova.

(Foto - adolatgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026