“Mizdaxkan” arxeologik-arxitektura kompleksi
Qoraqalpogʻistonning tarixi mamlakatimizning barcha qadimiy mintaqalarining tarixi kabi juda boy, xilma-xil va qiziqarlidir. Bu zaminni oʻziga xos arxeologik topilmalar qoʻriqxonasi deyish mumkin. Chunki, bu yerda kishining diqqatini tortadigan, hayratlantiradigan koʻplab arxeologik yodgorliklar mavjudki, ular oʻta noyobligi va maftunkorligi bilan alohida ajralib turadi.
MIZDAXKAN Arxyeologik-arxitektura kompleksi.
(Miloddan avvalgi IV asr – milodiy XIV asr)
Qadim Mizdaxkan arxeologik-arxitektura kompleksi 200 gektar dan oshiq maydonda, Xoʻjayli - Koʻhna - Urganch (Turkmaniston) avtomobil yoʻli boʻyida joylashgan.
Kompleksning asosiy qismlari Xoʻjayli shahrining janubiy-gʻarbidagi uchta tepalikda joylashgan. Kompleksga Gaur-Qalʼa, Shamun-nabi, Mazlumxan Sulu, Xalifa Rajab maqbaralari kiradi. Arxeologik qazish ishlari davomida siyrak uchrashadigan osuar "qabristonlari ”, tangalar, har xil kundalik turmush buyumlari, shisha, tillodan yuqori saviyada ishlangan buyumlar topildi.
Qadimiy va boy tariximizni oʻrganish, keng targʻib etish yoshlarda qanday buyuk zotlarning, dunyo ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qoʻshgan ulugʻ olim va mutafakkirlarning avlodi, betakror meros vorisi ekanidan faxrlanish tuygʻusini kuchaytirish, maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni, yurtimizdagi tarixiy obida va madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash, oʻrganish va muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining "Madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni bu borada muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilayotir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ushbu hujjat asosida qadimiy yodgorliklarni oʻrganish, qayta tiklash boʻyicha keng koʻlamli ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, Kat-Firqalʼa, Tuproqqalʼa, Aqchaxonqalʼa, Ayozqalʼa, Chilpiq, Mizdaxkan singari madaniy yodgorliklar oʻrganilib, xalqaro turizm yoʻnalishiga kiritildi. Mizdaxkan arxitektura-arxeologik kompleksini har yili ming-minglab kishilar, xorijiy sayyohlar ziyorat qilishadi.




Rasmlar: Galina Tyugay, Elmira Aleynikova
(Foto - meros.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶