YoShLAR MAʼNAVIYaTINI YuKSALTIRISh – ASOSIY VAZIFAMIZ
Yoshlar jamiyatimizning poydevori, boʻlajak egasi va ustunidir. Shuning uchun ularning maʼnaviyatini yuksaltirish, qalbini ezgu gʻoyalar bilan band etish – bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda istiqomat qiladigan aholining 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil qiladi. Shuning uchun davlatimiz jamiyatimizning faol qatlami boʻlgan yoshlarga katta eʼtibor qaratmoqda. Yoshlarning zamon talabiga mos taʼlim-tarbiya olishlari, barkamol shaxs sifatida voyaga etishlari uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda. Chunki taʼlim olib, foydali ish bilan band boʻlgan yoshlar jamiyatda oʻz oʻrinlarini topadilar, xalqiga munosib xizmat qiladilar.
Bizning 45-sonli maktabimizda ham yosh avlodning maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
Ayniqsa Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻanievich Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda Birinchi Prezidentimiz timsolida yoshlarning Vataniga, xalqiga munosib xizmat qilishlari, davlatimizning yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlariga munosib boʻlib voyaga yetishlari lozimligi keng tushuntirildi.
Katta hayot boʻsagʻasida turgan yoshlarga taʼlim-tarbiya berish barcha oʻqituvchilarning, ota-onalarning, keng jamoatchilikning ishtirokini talab etadigan jarayondir. Shunday ekan, biz sogʻlom fikrli, maʼnaviyatli yoshlarni tarbiyalashda qoʻlni qoʻlga berib, birgalikda harakat qilsak, farzandlarimiz haqidagi katta orzularimiz albatta, amalga oshadi.
Dilfuza ABDURAHMONOVA, 45-sonli maktab oʻqituvchisi.
(Foto - OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶