02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 10:58
Jamiyat 👁 8,835

Qoraqalpogʻistonlik OAV xodimlari Orol dengiziga sayohat uyushtirdi

Qoraqalpogʻistonlik OAV xodimlari Orol dengiziga sayohat uyushtirdi

Shu yilning 27-28-may kunlari jami 40 nafar ommaviy axborot vositalari va mutaxassislar ishtirokida Orol dengizi va Moʻynoq tumani hududiga mediatur tashkil qilindi.

Mediatur Qaraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yordamida Qoraqalpogʻiston axborot agentligi va Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi tomonidan tashkil qilingan boʻlib, mazkur tadbirni uyushtirishdan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevral kungi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanini 2017-2018-yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-2803-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan, yaʼni Moʻynoq tumani va Orol dengizi hududiga turistlarni kengroq jalb qilishni nazarda tutgan holda hududning tabiati, tarixi, hayvonot olami va tuman xalqining dasturlari, anʼanalari haqida jurnalistik materiallar tayyorlashdir.

Tadbirning birinchi kuni mediatur ishtirokchilari eski Buyuk ipak yoʻli boʻylab "Sudoche” koʻli flora va faunasi bilan tanishishdi, tabiatda kamyob uchraydigan flamingo qushlarini tomosha qilishdi, "Sudoche”dagi XII-XIII asrlarga tegishli tarixiy obida – signal minorasiga safar uyushtirdi va shu kuni Orol dengiziga yetib kelib, dengiz qirgʻogʻidagi oʻtovlarga joylashdi va kechasi olov atrofida madaniy-adabiy tadbirlar uyushtirishdi.

Mediaturning ikkinchi kuni Orol dengiziga choʻmilish, dengizda katerda va dengiz qirgʻogʻida kvadratsikllarda uchish hamda mutaxassislar bilan intervyular uyushtirish bilan boshlandi.

Bepoyon Qoraqalpoq yurtidagi shunday muʼjaz maskanlarni koʻrishga muvaffaq boʻlgan mediatur ishtirokchilarining hayrati har qadamda yanada oshib borar edi. Dengizning gʻarbiy qismiga ikki kilometr joyda Ustyurt platosi chinki ostida joylashgan tarixiy esdalik – XII-XIII asrlarga tegishli «Kurgancha» (Dauletgirey) arxeologik kompleksiga, Ustyurt kanonlariga, hali oʻz sirini ochmasdan yotgan koʻchmanchi qabilalar davriga oid qator tariyxiy obʼektlarga safar uyushtirdi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarini Orol dengizi hududiga sayoxatga olib chiqish ilk bor tashkil qilindi, - deydi mediatur tashkilotchisi, Qoraqalpogʻiston axborot agentligi Ye.Qanaatov. Orol muammosi haqida ijod qilayotgan kasbdoshlarimiz koʻp, lekin Orol dengizini, hududdagi ekologik vaziyatni oʻz koʻzi bilan koʻrib, yuragidan oʻtkazib ijod qilgan boshqa. Moʻynoq tumani koʻpchilikning tasavvurida faqat fojeali ekologik zona sifatida gavdalanadi. Lekin, bu toʻgʻri emas. 240dan ortiq turdagi qushlar saltanati hukm surayotgan "Sudoche” koʻlini, betakror Ustyurt chinklarini, kanonlarini, moʻʼjaz Orol dengizi akvatoriyasini va Ustyurt kengliklaridagi koʻplab uchrashadigan tarixiy obidalarni koʻrgan kishi butun umr ushbu makonga mehr bogʻlashi tabiiy. Demak, Moʻynoq tumani va Orol dengizi hududini hamma koʻrishi kerak.

Qoraqalpogʻistonda yashab turib Orol dengizini koʻrmaganlar koʻp, - deydi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti Yakub Ametov. Mening oʻzimning ham Orolni koʻzim bilan koʻrish buyuk orzuim edi. Bunday goʻzal manzaralarni umrimda birinchi bor koʻrishim. Moʻynoq tumanida shunday goʻzal maskanlar bor ekan, demak ekoturizmni rivojlantirishga katta potentsial mavjud. Birinchi navbatda mahalliy turizmni rivojlantirish kerak.

Mediatur tafsilotlari haqida ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda, internet nashrlarida batafsil yoritilib boriladi.

Tadbirda jurnalistik materiallar tayyorlashda OʻzFA Qoraqalpogʻiston boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi mutaxassis va olimlari yaqindan yordam koʻrsatishdi.

2 kunlik mediaturni tashkil qilishda "Oʻzavtodaryotrans" Qoraqalpogʻiston boʻlimi, "UzKorGas Chemical", «Zarubejneftegaz - GPD Tsentralnaya Aziya» MChJ, "Ustyurtgaz" MChJ korxonalari, shuningdek "Tazabay grand service” MChJ va "Ayim tour" turistik kompaniyasi hamkorlik qilishdi.


Qoraqalpogʻiston axborot agentligi


🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026