02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 12:15
Jamiyat 👁 2,703

SOGʻLOM MUHIT – JAMIYaT TARAQQIYoTINING ASOSIY OMILI

SOGʻLOM MUHIT – JAMIYaT TARAQQIYoTINING ASOSIY OMILI

Maʼlum bir davlatning rivojlanishi, taraqqiy etishi avvalo shu mamlakat fuqarolarining hamjihatligi va ahilligiga, jamiyatdagi birdamlik va inoqlikka koʻp jihatdan bogʻliq. Shu sababli istiqlolning ilk yillaridan boshlab jamiyatda tinchlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni, har xil dinga eʼtiqod qiluvchilar oʻrtasida bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat tamoyillarini qaror toptirish yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Shu sababli ham, Yaratganga behisob shukurlar boʻlsinki, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kun sayin turmushimiz farovon boʻlib bormoqda.

Ammo, har bir davrda boʻlganidek, bugungi globallashuv va axborot asrida ana shu tinchligimiz va farovonligimizga turli xil tahdidlar paydo boʻlmoqdaki, ularga qarshi kurashish bugun oʻzini vatanparvarman, degan har bir fuqaroning burchidir. Men shu yilning 15-iyun kuni Toshkent shahrida "Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusida oʻtkazilgan anjumanda ishtirok etib, shu narsaga amin boʻldimki, bugungi kunda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar taʼsiridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy masaladir.

Ushbu anjumanda ishtirok etgan muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, "... islom faqat nurli hayotga, ilm-maʼrifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zoʻravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta gʻoyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi boʻlish – bu Oʻzbekiston xalqiga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi”.

Muhtaram Yurtboshimiz oʻz nutqida bizning zimmamizga masʼuliyatli vazifa qoʻydilar. Aniqrogʻi, oʻz burchimizni fidoyilik bilan bajarishga chaqirdilar. Chindan ham, mahallamizda, ovulimizda biror bola zararli diniy oqimga kirib qolgan boʻlsa, uni notoʻgʻri yoʻldan qaytarish – avvalo bizning vazifamiz. Uni toʻgʻri yoʻlga solish, ota-bobolarimiz eʼtiqod qilgan muqaddas islom dinimizning hech qanday buzgʻunchilikka buyurmasligini, aksincha, islom tinchlik va ezgulik dini ekanini uqtirish – avvalambor din peshvosining, qolaversa, har bir imonli odamning burchidir. 

Insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, taʼsirlanishdan toʻxtamaydi. Shu sababli insonga doimiy ravishda maʼnaviy oziq kerak. Agar biz – din peshvolari, mahalla faollari, keng jamoatchilik bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻysak, yaʼni yoshlar oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻysak, yot illatlarga ruju qoʻygan yoshlarni koʻrib, koʻrmaganlikka olsak, maktab yoki kollejga bormayotgan, dars paytida koʻchada yoki boshqa koʻngilochar joylarda sangʻib yurgan bolani toʻxtatib, uni savolga tutmasak, qoʻlidan yetaklab, ota-onasining oldiga olib bormasak nima boʻladi? Prezidentimiz aytganidek, ertaga chetda payt poylab turgan qabih yov kelib, yoshlarimizni yolgʻon gʻoyalar, puch vaʼdalar bilan aldab, uni oʻz ortidan ergashtirib ketmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Shunday ekan, men tuman bosh imom-xatibi sifatida tumanimizdagi barcha din peshvolariga, mahalla imomlari, otinoyilarga qarata aytmoqchimanki, bizning befarqligimiz davlat va jamiyatga, kelajak avlodga juda qimmatga tushadi. Keling, bir yoqadan bosh chiqarib, jamiyatda sogʻlom muhit yaratish, yoshlarimizni yot gʻoya va oqimlardan himoya qilish, xalqimiz oʻrtasida maʼrifat yoyishdek savobli ishga hissa qoʻshaylik! Zero, Vatan, kelajak avlod taqdiriga daxldorlik – bu ulkan sharaf va masʼuliyatdir!

Abdurahmon MATSAPOYeV, tuman bosh imom-xatibi.
(Foto - http://www.uz24.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026