ShAROITLAR OʻRGANIB ChIQILDI
Yaqinda Jumurtov shaharchasida, tuman moliya boʻlimi va byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimida ishchi-xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar, tashkilot hamda muassasalar hududlarini obodonlashtirish, tozalikni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Tuman hokimi rahbarligida, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan bu tadbir jarayonida ayrim ish joylarida zarur sharoitlarni yaratish, shuningdek obodonlashtirish va tozalikni taʼminlash borasida bir qancha kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
Tuman hokimi S.Yoʻldashev tashkilotlar va shaharcha hududini obodonlashtirish, joylarda tozalikka rioya etilishiga eʼtiborni kuchaytirish yuzasidan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga qator tavsiya va topshiriqlar berdi.
(Foto - https://sensorika.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶