Rahmat va mağfirat oyi
Bismillahir rohmanir rohiym!
Alloh taolo Ramazoni-şarif oyida kişilarni hidoyat sari boşlovçi, insoniyatga baxt-saodat yöllarini körsatuvçi Qurʼoni karimni nozil qilgan. Şuning uçun bu kunlarni keçalari toat-ibodatda, kunduzlari rözador böliş bilan ötkazamiz.
Ramazon rözasi Qurʼon va hadis orqali musulmonlarga farz bölgan amallardandir. Bu haqda Alloh taolo Qurʼoni karimda: «Ey imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham röza tutiş farz qilindi, şoyad (u sababli) taqvoli bölsangiz» («Baqara» surasi, 183-oyat). Payğambarimiz Muhammad alayhissalom: «Kimki Ramazon oyida rözaning farzligiga işongan va Alloh taoloning roziligini istagan holda röza tutsa, uning ötgan gunohlari keçiriladi», - dedilar.
Rözaning mukammal bölişi uçun rözador yolğon sözlaş, iğvo va böhton qiliş, noloyiq sözlar bilan özgalar dilini oğritiş kabi illatlardan özini saqlaşi lozim. Bu borada Payğambarimiz Muhammad (s.a.v)ning muborak hadislarida: «Qaysi bir rözador yolğon gapiriş va unga amal qiliş kabi gunohlarini tark etmasa, unday kişining faqat yeb-içişini tark etib yurişiga Alloh muhtoj emas»,- deb marhamat qildilar.
Ramazoni-şarif toat-ibodat, qut-baraka, baxt-saodat oyidir. Şuning bilan birga, bu oyda gunohlar mağfirat etilib, tavba-tazarrular, çin ixlos va eʼtiqod ila qilingan duolar mustajob bölib, qalblar taskin topadi, qilingan xayrli işlar savobi bir neça bor ziyoda qilingan holda qabul qilinadi. Payğambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislarida: «Agar ummatlarim ramazondagi fazilatlarni bilganlarida edi, yilning hammasi ramazon bölişini orzu qilardilar», - deganlar. Çunki ramazondagi toat-ibodatlar maqbul, duolar mustajob, gunohlar mağfirat, jannat rözadorlarga muştoq böladigan oydir.
Bu oyda mehr-muruvvat, saxovat, oliyhimmatlik köproq qilinadi, gina-kuduratli insonlar ham bir-birlariga quçoq oçadilar, özaro uzr söraşadilar. Bilamizki, keçirimli va mehr-şafqatli böliş har bir musulmon uçun ham qarz, ham farzdir.
Bu oyda musulmonlar ulkan savoblar umidida eng ezgu işlarni amalga oşiradilar. Alloh taoloning yaxşi işlar uçun ajru mukofotlarni bir neça barobar köpaytirib ato etadigan bu kunlarni ğanimat bilib, gunohlardan poklanişga, xayrli işlarni köpaytirişga şoşilmoğimiz lozim. Rözador kişi özini turli nojoiz amallardan va şahvatga çorlovçi holatlardan ehtiyot qilib asrasa, aziz va hurmatli insonga aylanadi. U özining odamiyligini va mayliga tobe hayvonlardan farqli ekanini sezadi. Şuningdek, röza rözadorni boşqalarga rahmdil va mehribon bölişga örgatadi. Inson röza orqali öz qadrini biladi va zaif ekanini ham xis qiladi. Kim öz qadrini yaxşi bilsa, unga yaxşiliklar eşigi oçiladi va töğri yölda böladi. Rözador qaçon özida oçlik va çanqoqlikni sezsa, özi kabi oçlik va çanqoqlik azobini tortayotgan kambağal va beçoralarga yaxşilik etişga harakat qiladi. Insonlarga yaxşilik qiliş, ularga ehson va yordam beriş rözaning eng uluğ belgilaridan ekani namoyon böladi.
Röza özining mana şunday sifat va körinişlari bilan barça musulmonlarni hayotda özaro yaxşilik yölida hamkorlik qilişga, imon, xolislik va samimiylik bilan yaxşi amallarni qilişga tarğib va taşviq qiladi. Köngli va qölini oçib, feʼlini kenglik va saxovatpeşalik hamda yaxşilik fazilatlari ila bezab, rözador bölgan hamyurtlarimizning Alloh yölidagi barça amallarini Yaratganning özi qöllab, uluğ Ramazon oyining barça savoblariga muşarraf etsin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
A.MATSAFOYeV,
"Yusuf Eşon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.
(Foto - http://muslim.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶