28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:12
Adabiyot 👁 2,869

BOʻLINGAN HOVLI

BOʻLINGAN HOVLI

Saidjon bobo Ibrohim doʻsti dunyodan oʻtganidan beri uning xonadoniga bormaganiga  bir necha yil boʻlibdi. Negadir bolaligi oʻtgan mahallani qoʻmsadi u. Oʻylab qarasa, bugun hech kimnikida iftorlik yoʻq ekan. Bugundan qulay kun yoʻq, shundoq Jiydali soyni yoqalab borsa, Ibrohimning hovlisi oldidan chiqadi. Uzoq emas, nari borsa, bir chaqirimlik yoʻl.

Chol-kampir qoʻshni mahallaga yetib kelishganida naq asr namozi vaqti edi. Ikkalasi ham hol-ahvol soʻrashuvdan soʻng asr namozi ibodatini ado etishdi. Ota-onasining  eski qadrdonlari tashrifidan koʻngli togʻday koʻtarilgan Ibrohim boboning  katta oʻgʻli Saʼdulla quvonganidan koʻziga yosh oldi:

– Xuddi otam tirilib kelganday boʻldi, – dedi u Saidjon boboning orqasiga yostiq qoʻyarkan. – Roʻzador boʻlsangiz kerak-a, ota?

U shunday deb yugurib-yelib hovlidagi supaga koʻrpacha solayotgan ayoliga buyurdi:

– Xatcha, tezda otamga iftorlik tayyorla!

– Kelinni ovora qilma, bolam, – dedi Saidjon bobo. – Biz iftorlik qilgani kelmadik. Ana, Shahargul enangning tuguni toʻla yemish, iftorlikda hammamizga yetadi.

Saidjon bobo hovliga razm solarkan, oʻzlari oʻtirgan supaning shundoq yonboshida, beton-shiferdan tiklangan toʻsiq-devorni koʻrib, hayron boʻldi. Boʻynini choʻzib toʻsiq-devordan moʻraladi. Devorning u yogʻida ikki nafar yosh bola oʻynab yurishar, hovli yuzasi anchayin tor koʻrinardi. "Aka-ukalar ota-onasidan qolgan hovlini boʻlib olishibdi-da”, – oʻyladi Saidjon bobo. Zimdan Saʼdullani, hovlining unga tegishli qismini kuzatarkan, ota uyning qariyb sakson foizi akaga, qolgan yigʻirma foizginasi kenja oʻgʻilga tekkanini sezdi. Negadir boboning nafasi qisayotganday, boʻgʻziga nimadir tiqilganday, lohaslandi. Roʻzadorlikdan emas, qadrdon joʻrasining farzandlarini noahil koʻrganidan yuragi siqildi Saidjon boboning. Shunday boʻlsa-da, sir boy bermadi:

– Ukang Nurulla koʻrinmaydimi? – dedi Saʼdullaga sinovchan boqib.

Saʼdulla javob berishga shoshilmadi. Goʻyo Saidjon boboning oldida imtihon topshirayotgan talabaday oʻngʻaysizlandi. Boboning sabri chidamay, yana savol tashladi:

– Ukangning roʻzgʻorini boʻlaklab, boʻyningdagi qarzingni osongina uzibsan-da? – chaqib oldi u.

– Men-men... – Saʼdulla tutilib-tutilib gap boshlagan edi hamki Saidjon bobo uning yuziga xuddi tarsaki tushirganday:

– Shu ishing bilan oʻzingni akaman, erkakman, deb yuribsanmi? Bu ne oʻtirish, bu qanday tugʻishganlik? – dedi jahl bilan. – Uy-joying kammi? Oʻtgan bahorda namunali uy olib eding. Oʻgʻlingning biri Toshkentda ishlab, Toshkentda yashasa. Mangʻit shahrining eng yaxshi joyidan yer olib, dangʻillama imorat qurgan boʻlsang, men seni aqlli-hushli bola, toparman-tutarman, tugʻishganlarini qoʻllaydi, desam, gʻirt ahmoq ekansan-ku, bola!

– Bu aka-ukalarning ishi, bova, – dedi iftorlik uchun dasturxon yozayotgan Saʼdullaning ayoli. – Oʻzlari shuni maʼqul koʻrishdi.

– Hey! – dedi bobo deyarli baqirib. – Ramazon oyida koʻngillaringga tegmoqchi emasman-u, bor, Nurullani aytib kel.

Qovoq-tumshugʻi osilgan Xatcha oʻrtadagi toʻsiq-devordan moʻralab, mingʻirladi.

– Chaqirgan bilan kelmaydi, akasini odam hisobida koʻrmaydi, hatto  salom ham bermaydi. Oʻzicha tumshugʻi osmonda. Bir pullik muallim boʻlsang, nimangga kerilasan? Borib turgan...

– Kelin! – Xatchaning gapi ogʻzida qoldi. Bobo xontaxtani mushti bilan shunday urdiki, uning ustidagi idishlar bir-biriga urilib, jaranglab ketdi. – Menga qara, ering sukut saqlab turganda, sen ham tilingni tiy! Bor, Nurulla bilan kelinni chaqirib kel!

– Ota, iftor vaqti boʻldi, ogʻiz ochgandan soʻng...

– Ogʻzimizni ogʻzibirchilikda ochamiz, Xudo kechirsin, – ovozini pasaytirdi Saidjon bobo. Supaning bir chekkasiga oʻtib, namozshom ibodatini ado etishga kirisharkan, Allohdan bandalariga insof tiladi.

Saidjon boboning chorlayotganini eshitgan zahoti Nurulla goʻyo uchib keldi. Bobo bilan quchoqlashib koʻrisharkan, goʻyo otasining bagʻrida turganday his etdi oʻzini. Hol-ahvol soʻrashganlaridan soʻng Saidjon bobo bilan Shahargul enaning kelinlari yopgan goʻshtli patirni maqtab-maqtab tanovul qildilar. Dasturxon ustida Saidjon bobo yoshligi, Ibrohim doʻsti va uning ayoli Toʻxtabibining yaxshi fazilatlaridan gapirib, ularning haqiga qurʼon tilovat qildi. Saʼdullaning nazarida xonadon yanada yorishib ketganday boʻldi.

– Endi, – dedi Saidjon bobo hovlini ikkiga boʻlib turgan shifer-devorga ishora qilib. – Xatcha kelinning ovqati pishguncha, sizlar mana bu ishni pishirasizlar.

Aka-ukalar jim, boshini koʻtarmay oʻtirishardi.

– Qani, tur, Saʼdulla. Yo oʻzim turib, olib tashlaymi oʻrtadagi toʻsiqni?! Men bunday boʻlingan hovlida, koʻngli boʻlak odamlarning dasturxonidan tuz totmayman. Yaxshiyamki enang tugun toʻla iftorlik koʻtarib kelgan ekan.

Gapga Shahargul ena aralashdi:

– Hay, bolalarim-a, qaysi shaytonning gapiga kirdinglarki, ota uyning farishtalarini qochirib yuboribsizlar, – dedi boshini chayqab.

Saʼdulla shu gapdan soʻng asta qoʻzgʻaldi. Uy tomonga oʻtib, qoʻlida bolta, bolgʻacha va qisqich koʻtarib keldi-da:

– Ma, uka, sen mixlarni sugʻuraver, – dedi ukasiga qisqichni tutqazarkan.

– Axir...

– Nima, axir! Men aytdim-mi, qil. – Saʼdullaning ovozida akalarga xos mehr bor edi. – Xatcha chechangning mingʻir-mingʻiridan qutulay, deb aslida men aqlsizlik qilibman, uka.

Nurullaning xoʻrligi keldi. U qoʻlidagi qisqichni tashlab yuborgancha akasini quchoqlab oldi. Bu holatni kuzatib oʻtirgan chol-kampirning yoshlangan koʻzlariga quvonch toʻldi.

Aka-uka bir pasda hovlini ikkiga boʻlib turgan toʻsiq-devorni olib tashlashdi. Ungacha tayyor boʻlgan Xatchaning tovuq goʻshtli kurtugi dasturxonga tortildi. Bobo bilan Shahargul enaning shirin suhbati hatto boʻlayotgan ishlardan norozi, qovoq-tumshugʻini osiltirib olgan Xatchaning ham chiroyini ochib yubordi. Supada oʻtirgan kattalarning gurunglariga beeʼtibor, xuddi oʻrtada toʻsiq-devor hech qachon boʻlmaganday, bir-birlari bilan allaqachon topishib olgan kichkintoylar maza qilib oʻynashar, oʻn toʻrt kunlik Ramazon hiloli hovli yuzini, butun borliqni kumushrang nurlari ila charogʻon aylagan edi.

Shu kuni Saidjon bobo bilan Shahargul ena Saʼdullaning qistovi bilan Ibrohim doʻstining xonadonida tunab qolishdi. Saharga yaqin bobo ajib tush koʻrdi: tushida Ibrohim doʻsti kecha Saidjon bobo oldirib tashlatgan toʻsiq-devor oʻrniga qator qilib anjir koʻchatlarini oʻtqazayotganmish. Atrofda ajib nurafshonlik. Saidjon bobo uygʻonib ketdi. Kampiri allaqachon uygʻongan, Xatcha kelinning saharlik uchun yozgan dasturxoni tayyor edi. Yaxshi niyatlar bilan saharlik qilgan chol-kampir tonggi namoz ibodatidan soʻng ketishga chogʻlanishdi.

– Salqinda yetib olaylik, –dedi bobo asta qoʻzgʻalarkan.

– Oʻzim mashinada eltib qoʻyaman, faqat bir iltimosim bor, – Saʼdulla muhim ishga qoʻl urgan, natijasini koʻrishga oshiqqan odamday betoqatlanib turardi.

Qanday iltimos, deganday bobo unga hayronlik bilan boqdi.

– Bugun ham biznikida boʻlib tursangiz, shu, nima desam ekan, ota uyni Nurullaga butunlay xatlab bersam...

Agar Saʼdulla shu ishni qilsa, bobo doʻstining xonadonida bir oy qolib ketishga ham rozi edi.

– Shundaymi?! Unda qolganim boʻlsin!

Shu kuni Saʼdulla koʻch-koʻronini olib Mangʻit shahridagi yangi imoratiga  koʻchdi, ota uyini taʼmirlatish uchun Nurullaga ancha-muncha pul ham tutqazdi. Kechqurun esa ota makonida mahallasidagi roʻzadorlarga iftorlik berdi.

– Qaydan quyosh chiqdi-ya! – ukasini hovlidan siqib chiqarish uchun xotinining nayranglariga uchgan Saʼdullaning birdaniga xotamtoylik qilayotganidan hayron boʻlishdi qoʻshnilar.

– Mana shu hovlidan, mana bu yerdan! – dedi Saidjon bobo koʻkragiga qoʻlini qoʻyib. – Allohning irodasi. Bolalarning koʻngliga yaxshilik farishtalari qaytdi!

Ertasiga Saidjon bobo oʻz mahallasidagi iftorlikka chiqdi.

– Eshitdingizmi? – deyishdi mahalladoshlari. – Jiydali soydagi Ibrohim boboning ikki oʻgʻli jiqillashib, hovlisini ikkiga boʻlib olishgandi. Saʼdulla hovlidagi haqidan voz kechib, butunlay ukasiga xatlab beribdi. Ramazon oyining sharofati bu!

– Ha-ya, – dedi Saidjon bobo ich-ichidan quvonib, – Ramazon oyining sharofati bu, toʻgʻri aytasan!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026