30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:02
Fan va taʼlim 👁 2,803

11 YILLIK MAKTAB TAʼLIMI VA KASB-HUNAR TAʼLIMI: QAY BIRI AFZAL?

11 YILLIK MAKTAB TAʼLIMI VA KASB-HUNAR TAʼLIMI: QAY BIRI AFZAL?

Bugun kunda yoʻldami, koʻcha-koʻydami uch-toʻrt odam yigʻilishib qolsa, gap mavzui, albatta oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimidan voz kechilib, 11 yillik maktab taʼlimi tiklanayotgani haqida boʻladi. Bu holat  koʻpchilikning xursandchiligiga sabab boʻlayotgan boʻlsa, ayrimlar kasb-hunar kollejlarining afzalligini taʼkidlamoqda.

Bu oʻzgarish ayniqsa bizning tumanimizdagi ota-onalarga juda maʼqul kelayotir. Chunki aholining koʻp qismi qishloqlarda yashaganligi uchun kasb-hunar kollejlariga koʻpchilik bolalar uzoq masofalardan qatnab oʻqishadi. Albatta, har qanday ota-ona hali voyaga yetib ulgurmagan, oʻgʻli yo qizini olis yoʻlga yuborgisi kelmaydi.

Xizmatchilik yuzasidan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga borganimizda, oʻquvchilar davomatining juda past ekanligiga oʻzim necha bor guvoh boʻlganman. Kollejlar rahbarlari buning sababini yuqorida aytganimizday, har oʻquvchi tumanimizning har hududidan qatnab oʻqishiga, oʻquvchilarni yotoqxona yoki transport bilan toʻliq taʼminlash imkoniyati yoʻqligiga bogʻlashadi. Bu gapning ham asosi bor. Qolaversa, yotoqxonada yashab, oʻqib, ota-ona nazoratidan chiqib ketib, goʻyo oʻzini maktabni tamomlab, katta  odam boʻldim, deb his qilib, oila qurishga shoshilayotgan yigit-qizlar ham uchrab turadi.

Tan olish kerak, keyingi vaqtlarda kasb-hunar taʼlimiga eʼtibor kuchaytirilgani har bir muassasada taʼlim-tarbiya sifatining yaxshilanishiga oʻz taʼsirini oʻtkazayotir. Biroq oʻquvchi darsga muntazam qatnashmas ekan, kutilgan natijaga erishish qiyin. Kasb-hunar taʼlimi muassasalari esa shu jihatdan oqsaydi. Negaki, har kuni 5-6 ming soʻm yoʻlkira qilib kollejga qatnaydigan  oʻquvchining tushlik  qilishi, oʻquv qurollari sotib olishi uchun kamida 10 ming soʻmga yaqin pul ketishini inobatga olsangiz, bir oyda 26 kun darsga qatnashi uchun hech boʻlmaganda, 260 ming soʻm kerak boʻladi. Buning ustiga yana kollejlardagi "yigʻ-yigʻ”lar, oʻquvchining oʻz ehtiyojlarini ham qoʻshib hisoblab koʻrsangiz, bir bolani kollejda oʻqitish ota-onaga qanchalik ogʻir ekanligi ayon. Shuning uchun ham oʻquvchilar OTMga kirish uchun kollejga emas, oʻz hududidagi  tajribali oʻqituvchilardan dars olishga intilishadi. Qolaversa, kollej bitiruvchilarining bandligini taʼminlashda yolgʻon hisobotlar berilishi hech kimga sir emas.

– Mening qizim tikuvchilikka qiziqadi, – deydi besh farzandning onasi, boʻzyoplik Gulora ismli ayol. – Biroq bu kasbni oʻrganishi uchun u necha chaqirim yoʻl bosib tuman markazidagi kollejga qatnashi kerak. Nahot bir kasbni egallash uchun uch yil muddat kerak boʻlsa, nahot endi mening qizim ham hali oʻsmir yoshidan uch yil yoʻlda sarson boʻlsa, deb qaygʻurib yurgandim. 11 yillik taʼlimga oʻtilayotganini eshitib juda quvondim. Axir endi qizim bagʻrimda boʻladi, oʻz maktabida, oʻz sinfdoshlari bilan birga oʻqishni davom ettiradi, boshqa muhitga moslashish uchun qiynalmaydi.

Poʻlat Abdurahmonov, 32-maktab oʻqituvchisi.

– Mening oʻqituvchilik faoliyatim boshlanganiga 35-yil boʻlayotir. Har yili maktabimizda 9-sinf oʻquvchilarining kasb-hunar taʼlimi maskanlariga yoʻl olishidan yuragim eziladi. Chunki bizning maktabimizga eng yaqin kollej – Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejigacha 8 kilometr, ikki yoʻnalishdagi yoʻl bilan boriladi. Tasavvur qilib koʻring, hali 16 yoshga toʻlib-toʻlmagan oʻsmir, ikki joyda taksi kutib turadi. Bu ularga ancha qiyinchilik tugʻdiradi.

Men Respublika xalq taʼlimi vazirligiga bu haqda oʻz takliflarimni yozgan ham edim. Ha, bizning sharoitimizdagi oʻquvchilarga kollej emas, 11 yillik maktab taʼlimi maʼqul.

Muhtaram Yurtboshimizning maktablar faoliyati bilan tanishib chiqib, 11 yillik taʼlimga qaytish haqida qaror qabul qilganligidan men juda quvondim. Bu koʻpchilik koʻnglidagi orzuning roʻyobi boʻldi.

Surayyo Norboyeva, 3-sonli Amudaryo akademik litseyi oʻqituvchisi: – Onaxonning, tajribali oʻqituvchining fikrlarini inkor etmagan holda bu borada men ham oʻz fikrlarimni bildirishni joiz deb bildim.

Toʻgʻri, hali aql-hushini yigʻib ulgurmagan oʻgʻil-qizlarimizning kasb-hunar kollejlariga borib, nazoratsizlik tufayli nomaqbul guruhlarga qoʻshilib qolayotgani, tartib-buzarliklar sodir etayotganidan koʻz yumib boʻlmaydi. Kasb-hunar kollejlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni koʻngildagidek deyish qiyin. Uzoqqa bormay, yaqin oʻtgan kunlarda Toshkent shahridagi kollejlardan ikki yigitning oʻzaro urush-janjal oqibatida halok boʻlganligini esga olish kifoya. Shu jihatdan olib qarasak, 11 yillik maktab taʼlimiga oʻtilishi – bu muammoning yechimiday tuyuladi. Biroq bu masalani jiddiy oʻylab koʻrsak, har yili umumtaʼlim maktablarini respublika miqyosida 550-600 ming nafar atrofidagi oʻquvchi bitiradi. Endi tasavvur qiling: ular 11 yillik maktabni tugatganidan soʻng, oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotasining umumiy miqdori 66-70 ming atrofida, demak, bor-yoʻgʻi 10 foiz atrofidagi oʻquvchi oliy oʻquv yurtiga kirishini nazarda tutsak, xoʻsh, qolgan salkam 90 foiz bitiruvchining taqdiri nima boʻladi, degan savol kishini oʻylantiradi.

Maqtanish boʻlmasin-u oʻtgan yili  bizning litseyimiz  aniq fanlar yoʻnalishini tugatgan oʻquvchilarimizning 75 foizdan ziyodi  oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishdi. Shu koʻrsatkichga maktabda erishish juda qiyin. Demak, maʼlum maʼnoda yoshlar kamoloti yoʻlida akademik litseylarning oʻz oʻrni borligini inkor qilib boʻlmaydi.

Toshkent shahrida xuddi shu borada ota-onalarning fikrini bilish maqsadida "daryo.uz” internet nashri "Maktablarda 11 yillik taʼlim tizimi qayta tiklanishiga qanday munosabatdasiz” mavzusida soʻrovnoma oʻtkazganida ishtirokchilarning 75 foizi "Juda toʻgʻri qaror”, 16 foizi "Yoqlamayman, kollej-litseyda oʻqigani maʼqul”, 4 foizi "Yana 4-5-yildan soʻng 11 yillik taʼlim  bekor qilinsa kerak”, 5 foizi esa "Mening fikrim inobatga olinmasa kerak”, deb javob berishgan.

Eslatib oʻtaman, soʻrovnoma faqat Toshkent shahrida oʻtkazilgan. Agar mamlakat miqyosida oʻtkazilganida 11 yillik taʼlim tizimini yoqlab ovoz beruvchilar yana ham koʻpaygan boʻlardi. Chunki aynan olis tumanlarda oʻquvchilarning kollejlarga qatnab oʻqishi borasida muammolar koʻp.

11 yillik majburiy taʼlim yo kasb-hunar kolleji: qay biri afzal? Tanlovlar, fikrlar, mulohazalar turlicha. Bu fikrlarga xulosa qilib shuni aytmoqchimizki, umumiy oʻrta taʼlim 9-yildan 11-yilga uzaytirilib, haftaning maʼlum kunlarida maktablarda yoki maktab joylashgan hududdagi kasb-hunar kollejida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltiruvchi kurslar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi. Chunki yoshlar kelajagimiz. Kelajagimizni iqtidorli, ilmli, el-yurtimizga fidoyi xizmat qiladigan yoshlar qoʻligagina topshirishimiz lozim. Bu – mening, sizning, barchamizning zimmamizdagi eng sharafli burchimiz.

Oygul RAJABOVA.

(Foto: OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026