30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:05
Fan va taʼlim 👁 8,384

UNI MUALLIM DEYDILAR...

UNI MUALLIM DEYDILAR...

Oʻzbekiston qahramoni, sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning shunday misralari bor:

Shoirga dedilar:

– Siz baxtli inson,

Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.

Shoir javob qildi:

– Menda bir armon –

Muallim desalar meni, qaniydi.

Ha, buyuk soʻz ustasi eʼtirof etganlariday, muallim boʻlishni orzu qilmagan, xayolan oʻzini sinfxonalarda dars berayotgan oʻqituvchi oʻrniga qoʻyib koʻrmagan odam bormikan? Bu havas hatto murgʻak bolalik oʻyinlarimizda ham oʻz ifodasini topadi. Chunki muallimlik qutlugʻ va moʻʼtabar kasbdir.

Oramizda hayotini ana shunday kasbga baxshida etgan insonlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Tabiatan bolalarga gʻamxoʻr, taʼlim-tarbiya samaradorligiga erishishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan Begmurod Shomurodov shundaylarning biri. Uning koʻnglida oʻqituvchilikka ixlos juda erta uygʻondi. Shuning uchun ham S.Ayniy nomli (hozirgi 22-sonli) oʻrta maktabning 10-sinfini tugatgach, 1975-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirdi va 1979-yilda muvaffaqiyatli tamomlab, oʻzi taʼlim olgan maktabga jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishga kirdi.

U paytlarda jismoniy tarbiya fani darslar jadvalida boʻlsa-da, qadrlanmas, oʻrniga bolalar maktab hovlisini tozalashar, yo boshqa yumushlarga jalb etilardi.

Begmurod Shomurodov oliygohda oʻrgangan ilmini bolalarga oʻrgatish, ularning jismoniy chiniqishiga erishish, jismoniy tarbiya inson hayotida ulkan ahamiyatga ega ekanligini anglatishga kuch-gʻayrat bilan kirishib ketdi. Avval maktab sport maydonchasiga goh chiqib, goh chiqmay vaqt oʻtkazadigan bolalar har bir mashgʻulotga qiziqib qatnashadigan boʻlishdi.

Oʻzi taʼlim olgan ustozlari bilan bir safda mehnat qilish oliygohni endi tugatib kelgan oʻqituvchi uchun ham quvonchli, ham masʼuliyatli edi. Bilmaganlarini xuddi oʻquvchilik davridagidek erinmay ulardan oʻrgandi. Oʻquvchilari sportning  futbol, basketbol, yengil atletika turlari boʻyicha oʻtkazilgan maktablararo musobaqalarda, tuman birinchiliklarida gʻolib boʻlgan vaqtlarida quvonganlari... Ana shunday lahzalarda Begmurod Shomurodov samarali mehnat kishiga qanchalik rohat bagʻishlashini yurak-yurakdan his qildi.

Oradan oʻtgan yillar Begmurod Shomurodovni tajribali oʻqituvchi sifatida shakllantirdi. Oʻquvchilari orasidan O.Rajabov, U.Safarov, S.Yusupov, N.Qurbonov kabi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari yetishib chiqdi.

Uning yetakchilik salohiyati inobatga olinib, 1990-yilda maktab direktori oʻrinbosari, 1993-yilda esa direktor lavozimiga tayinlandi.

Bu masʼuliyatli lavozimni shu kungacha sidqidildan ado etib kelayotir.

Buyuk bobokalonlarimizdan biri Yusuf Xos Hojib «odamda zakovat boʻlsa, nafi kattadir, bilim oʻrgangan kishilar aziz va qadrli boʻladilar», deganlariday, oʻqigan ilmi, halol mehnati Begmurod Shomurodovni ham elda hurmat-eʼtiborga sazovor etdi. Begmurod muallim degan nom oldi. Oliy maʼlumotli shifokor Gulora Abdullayeva bilan turmush qurib, toʻrt nafar intiluvchan, odobli farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishdi. Hozir ularning ham hammasi turli kasblarning egalaridir.

Begmurod Shomurodov hayotning ana shunday saodatli manziliga va qutlugʻ 60 yoshga yetgan baxtiyor inson.

Uni tabarruk yoshi hamda 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan qutlab, uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026