30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 05:55
Fan va taʼlim 👁 6,040

JONKUYaR MUALLIMA

JONKUYaR MUALLIMA

Men hayotning barcha sinovlaridan oʻtib, oltmish yoshni qarshilayotgan, qirq yil davomida pedagog boʻlib yoshlarga taʼlim-tarbiya bergan bir inson sifatida oʻzim mehnat qilayotgan jamoadagi hamkasblarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlarni va ularning natijalarini koʻz oldimga keltiraman. Shunday paytlarda xalqimiz tomonidan sevib tomosha qilinadigan "Suyunchi” filmi bosh qahramonlaridan biri Anzirat buvi toʻgʻrisida aytilgan "Qishloqning vijdoni” degan ibora "lop” etib miyamga keladi. Shunda yana ilgari jamoamizda mehnat qilgan va ayni kunda ham mehnat qilayotgan soʻzi bilan ishi bir, talabchan, kamchiliklarga murosasiz kishilarni koʻz oldimga keltiraman. Demak, bunday insonlarni biz ham jamoamizning vijdoni deb atasak yarashar ekan-da!

Biz yaqinda bor kuch-gʻayratini, shijoatini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga baxshida etgan, uzoq yillar maktabimiz shaʼnini himoya qilib, shogirdlari mehrini qozongan fidoyi muallima Ayimjon Jumaniyozovani nafaqaga kuzatgan edik. Taʼbir joiz boʻlsa, u haqiqatan ham jamoamizning vijdoni edi.

Ayni kunda maktabimizda barcha hamkasblarimiz oʻzlarining ishchanligi, yaxshi fazilatlari bilan hammaga oʻrnak boʻlgan ustozlar kabi faoliyat koʻrsatishga harakat qilishmoqda. Shunday hamkasblarimizdan biri – ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Inobat Rajabova fidoyiligi bilan jamoamizning hurmatiga sazovor boʻlayotir.

Inobat Rajabova Xolimbeg ovulidagi oʻrta maktabni tugatib, 2000-yilda Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirdi. Inobat ushbu oliygohni muvaffaqiyatli tugatib, 2004-yildan buyon ovuldagi 17-sonli maktabda muallimalik qilayapti.

Inobat Rajabova ish faoliyatining dastlabki kunlaridanoq oʻz kasbiga mehr qoʻydi, bugun kechagidan, ertaga esa bugungidan yaxshiroq ishlashga harakat qildi.

Maktab jamoasi Inobatni oʻz fanining bilimdoni, qatʼiyatli, boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan, oʻz kasbiga, jamoasiga sodiq muallima sifatida hurmat qiladi.

- Davlatimiz biz pedagoglarga bir qancha sharoit va imkoniyatlar yaratib berayapti. Biz esa bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz lozim, – deydi ishchan muallima I.Rajabova.

Har bir darsini yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda tashkil etadigan bu muallimani barcha oʻquvchilar hurmat qilishadi.

Maktabimizda Inobatning saʼy-harakatlari tufayli, biron bir ahamiyatga molik boʻlgan sana nishonlanmay qolmaydi. Uning oʻquvchilarini hali Sohibqiron Amir Temur, hali Ulugʻbek, Bobur siymosida yoki Nodirayu Uvaysiy siymosida koʻrishingiz mumkin.

Oʻz kasbini sevib, fidoyilik namunalarini koʻrsatib mehnat qilayotgan muallima Inobat Rajabova oʻz shogirdlari bilan turli koʻrik-tanlovlarda, fan olimpiadasi, bilimlar bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashib kelayotir. Bunday tanlov va bellashuvlarda uning Barno Otaxonova va Munisxon Rahimova singari shogirdlari faol ishtirok etmoqdalar.

Inobat Rajabova kechagina Z.Asqarov, M.Tursunova, O.Ahmedov, P.Eshmanov, Oʻ.Eshmanov, O.Tursunova, M.Mahmudov va B.Eshmanovlarning sevimli shogirdi edi.

Inobat ayniqsa, oʻz onasiday yaqin boʻlib qolgan ustozi, marhuma Ziyoda Rajabovani sogʻinib eslaydi.

Bugun esa Inobatning ham shogirdlari bor. Uning  Farogʻat Kenjayeva va Marvarid Tojimurodova singari shogirdlari oʻzi bilan bir jamoada yoshlarga taʼlim va tarbiya berishda fidokorona mehnat qilmoqdalar.

Shogirdlar kamolini koʻrish ustoz uchun baxt, deganlaridek, Inobat ham oʻz shogirdlarining muvaffaqiyatlaridan hamisha quvonib yuradi.

Men hamkasbim Inobat Rajabovaning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, unga quyidagi sheʼrimni bagʻishlashni maʼqul koʻrdim:

Hamisha fidoyi bizning Inobat,

Joʻshib ishlar, qalbi toʻla shijoat.

Shogirdlari uning bilimdon erur,

Zakovat bobida dilni qilar shod.

 

Oʻqib-izlanishga sarf qilar kuchin,

Tinib-tinchimaydi, doʻndirar ishin.

Shogirdlari esa Qoraqalpoqda,

Gʻolibdir fanlar olimpiadasin!

Yangiboy EShIMMATOV,

17-sonli maktab oʻqituvchisi, "Shuhrat” medali sohibi.

Suratda: Inobat Rajabova shogirdlari Muxlisa Masharipova va Gulzebo Toʻliboyevalar bilan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026