AChChIQ GARMDORI – DAROMADLI EKIN
Bugungi kunda dehqonchilikni oqilona tashkil etish, daromadli ekinlar ekib, yuqori hosil olishga erishish juda muhim. Bunga erishish uchun harakatni dehqonlarimiz allaqachon boshlab yuborishdi.
“Qizilcholi” mahallasida istiqomat qiluvchi Jumaboy Matvafoyev oʻz dehqon xoʻjaligida har yili pomidor, bodring, karam, qovun, tarvuz kabi poliz va sabzavot ekinlarini ekib, moʻl hosil yetishtirib kelayapti. Ayniqsa, uning avvalo ekinlar koʻchatlarini hovlisi yonidagi issiqxonasida yetishtirib, kunlar isiy boshlagach, dalaga koʻchirishi ekinlardan hosilni erta yetishtirib, moʻl daromad hosil olishini taʼminlayapti.
Mirishkor dehqon joriy yilda har yilgi ekinlaridan tashqari oʻz issiqxonasida “Chili” navli golland achchiq garmdorisining urugʻidan ham bir yarim kilo ekdi. U endi unib chiqa boshlagan koʻchatlarni yaxshi parvarishlab, oʻz tomorqasidan ortganini yer egalariga sotishni moʻljallamoqda.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶