Amudaryo tumanida maktabgacha yoshdagi bolalarning 18,5 foizi bogʻchaga boradi
Amudaryo tumanida 37 ta maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularda bugungi kunda 3 ming 778 nafar bolalar taʼlim-tarbiya olishadi. Bu tumandagi maktabgacha yoshdagi bolalarning 18,5 foizini tashkil qiladi.
Mavjud maktabgacha taʼlim muassasalarning 16 tasi zamonaviy loyihalar asosida qurilgan, bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy bazaga ega taʼlim maskanlaridir. Qolgan 21 tasining binolari esa muassasa ishga tushgandan buyon kapital taʼmirlanmasdan kelmoqda. Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish ishlariga xususiy sektorlarni jalb qilish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, tumanda xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari qurilishiga yer maydonlari va bino inshootlari ajratish yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda. Joriy yilda tumanda davlat-xususiy sherikchiligi asosida 10 ta MTM faoliyatini tashkil qilish rejalashtirilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶