Maktabimiz bilimdonlari bilan faxrlanamiz
2017-2018 oʻqish yili 49-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi uchun samarali keldi. Maktabimiz oʻquvchilari ona tili, matematika, fizika fanlaridan yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Bu yilgi fanlar olimpiadasi bellashuvida 9-sinf oʻquvchisi Mahbuba Xolboyeva ona tili va adabiyoti fanidan hudud, tuman bosqichlarida gʻolib chiqib, 23-24-mart kunlari Nukus shahrida boʻlib oʻtgan fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichida faxrli 3-oʻrinni egalladi va Qoraqalpogʻiston Pespublikasi xalq taʼlimi Vazirligining 3-darajali diplomi bilan taqdirlandi. Mahbuba Xolboyevani ustozi, ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Matluba Berdimaqova aniq va puxta reja asosida tayyorladi.
Yana bir oʻquvchimiz, 9-sinf oʻquvchisi Azimjon Oʻrolboyev fanlar olimpiadasida tuman bosqichida faxrli 4-oʻrinni egalladi. Uning ustozi Erkaboy Norboyev ham matematika fanining bilimdoni hisoblanadi. “Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichi ham maktabimiz oʻquvchilari uchun samarali boʻldi. Matematika fanidan 7-sinf oʻquvchisi Barno Oʻrolboyeva tuman bosqichida faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Ustozim Oʻtkir aka Yoʻldoshevdan minnatdorman, – deydi Barno Oʻralboyeva. – Kelgusi yili albatta yana gʻoliblar safidan joy olishga intilaman. Chunki ustozim matematika fanini badiiy adabiyot darajasida, qiziqarli va mazmunli oʻtadilar.
Biz maktabimiz oʻquvchilarining har bir yutugʻidan quvonamiz va ularning intilishlarini qadrlaymiz.
Pahmatulla Artiqov,
49-sonli umumtaʼlim maktabi
M.M.I.B.D.Oʻ.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶