28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:59
Adabiyot 👁 2,888

YOʻLDAGI HODISA

YOʻLDAGI HODISA

(Voqeiy hikoya)

Ishdan qaytayotib, yoʻl chetida qimirlamay yotgan odamga koʻzim tushdi. Mastmi, deb oʻyladim avval. Yaqinroq bordim, uning koʻzlari yumuq, qimirlamas, ust-boshi qonga belangan, kiyimlarining ham ayrim joylari yirtilgan, aftidan biron transport urib yuborganga oʻxshardi. Atrofga qaradim, hech kim koʻrinmasdi.

– Bu odamga qanday yordam bersam ekan, tirikmikan? – dovdirab, qoldim.

Shu payt uning yonida yotgan qoʻl telefonga va nariroqdagi sumkaga koʻzim tushdi.

Yaqinlariga xabar berish maqsadida telefon xotirasini koʻra boshladim. “Onasi” degan raqamni topdim va telefon tugmachasini bosdim. Uzoq vaqt kutganim yoʻq, telefondan qoʻngʻiroqday ovoz keldi:

– Dada, dada, nimaga kelmayapsiz? Nimaga bugun kechikyapsiz? Axir bugun muzqaymoq olib kelaman, degandingiz-ku, olib kelyapsizmi? Sizni sogʻindim, dada, tezroq keling!

Men butunlay gangib qolgan edim. Nima deyishimni bilmasdim. Qizaloqqa dadasining qanday ahvolda yotganini ayta olmasdim. Bu orada qancha vaqt oʻtdi, bilmadim, shu payt telefondan oʻgʻil bolaning ham ovozi eshitildi.

– Dada, menga ham muzqaymoq olib kelyapsizmi, tezroq keling, dada. Ovqat yemay sizni kutayapmiz.

Men oʻzimni tutib turolmadim, boʻgʻzimga bir nima tiqilganday boʻldi, telefonning oʻchirish tugmachasini bosdim. Koʻzim oʻsha odamning sumkasiga tushdi. Sumkadan esa muzqaymoq erib, oqib tushayotgan edi. Endi bu odam haqida mening tasavvurlarim oʻzgardi, koʻz oldimda farzandlarini jonidan ortiq yaxshi koʻradigan mehribon ota siymosi namoyon boʻldi.

Biroq men bu insonning yaqinlariga xabar bera olmayotganimdan qiynalardim. Bu orada esa telefon jiringlay boshladi, oldim.

Yana oʻsha jajji qizaloqning qoʻngʻiroqday ovozi eshitildi:

– Dada, dadajon, uyga yaqinlashdingizmi? Tezroq keling, yoʻlingizga chiqib turaman.

Bolalar dadasining bunday ayanchli ahvolda yotganini qaydan ham bilsin? Men ularga dadajonisi ularni juda yaxshi koʻrishini, ular uchun muzqaymoq olganiligini, ammo yoʻlda baxtsiz hodisa roʻy berganligini ayta olmasdim.

Mening qoʻllarim titrar, koʻzlarimdan esa yosh oqardi. Shunda oʻzimni tutib turolmay qonga boʻyalib yotgan odamga yalina boshladim.

– Koʻzlaringizni oching, tirikmisiz? Ha, deng, koʻzingizni oching! Bolalaringizga muzqaymoq obormoqchi ekansiz, ular sizni intiq boʻlib kutishayapti, axir!

Yana nimalar dedim, bilmayman. Yordam soʻrashga atrofda hech kim koʻrinmaydi. Shu payt “Tez yordam” esimga tushdi, ahvolni, turgan manzilimni aytdim-da, yana erkakka yolvora boshladim:

– Koʻzingizni oching, sizni farzandlaringiz kutayapti, ularga nima deyman, oʻlib qolsangiz, oʻlmang, iltimos!

Shu payt moʻʼjiza yuz bergandek boʻldi. Erkakning qonli lablari qimirlab, nimadir demoqchi boʻldi, biroq ogʻir ingrash eshitildi, xolos.

Mening nazarimda u farzandlari mehri tufayli hayotga qaytgandek edi...

Erkinboy Yusupov,

“Xizr eli” mahallasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026